Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+12°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Ijtimoiy tarmoqlar o‘smirlar ruhiyatiga zarar yetkazmaydi

Dunyo
16
Ijtimoiy tarmoqlar o‘smirlar ruhiyatiga zarar yetkazmaydi
Buyuk Britaniyaning Manchester universiteti olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida ijtimoiy tarmoqlar va videoo‘yinlarning o‘smirlar ruhiyatiga ta’siri bo‘yicha ilgari mavjud bo‘lgan qarashlar qayta ko‘rib chiqildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tadqiqotda 25 mingdan ortiq maktab o‘quvchilari ishtirok etdi. Ushbu ilmiy izlanish natijalariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish yoki videoo‘yinlarga ko‘p vaqt ajratish o‘smirlarning ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

Tadqiqot uch yil davomida 12 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida olib borildi. Bu jarayonda longityud usuli qo‘llanilib, har bir o‘smirning shaxsiy rivojlanishi va ruhiy holati o‘rganildi.

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p vaqt o‘tkazish va ruhiy salomatlik o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlik yo‘q. Shuningdek, tarmoqdan faol yoki passiv foydalanishning ruhiy holatga ta’siri o‘rtasida farq topilmadi.

Jinsiy farqlar ham kuzatildi. Qiz bolalar orasida ijtimoiy tarmoqlar va videoo‘yinlar bir-biriga raqobatchi sifatida namoyon bo‘lsa, o‘g‘il bolalarda videoo‘yinlarga qiziqish ruhiy holatga bog‘liq ravishda o‘zgarishi aniqlandi.

Olimlar ekran vaqtini cheklash yoki smartfonlarni taqiqlash kabi choralarning uzoq muddatli ruhiy salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlovchi dalillarni topa olishmadi. Shu sababli, farzandlarning texnologiyadan foydalanishini cheklashdan ko‘ra, ular bilan jonli muloqotni kuchaytirish va hissiy qo‘llab-quvvatlash ko‘proq foyda keltirishi mumkin.

Bu borada ota-onalarning o‘zaro suhbat va hamkorlikka asoslangan yondashuvi muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026