Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+12°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Tramp: Eron bilan yangi bitim zarur!

Dunyo
16
Tramp: Eron bilan yangi bitim zarur!
AQSh prezidenti Donald Tramp 31-yanvar kuni Eron bilan yangi va qoniqarli bitim tuzish zarurligini ta’kidladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday kelishuvning asosiy sharti – Eronning yadroviy qurollarga ega bo‘lmasligini ta’minlashdir. Tramp bu fikrlarini Floridaga uchayotgan paytida, Air Force One samolyoti bortida jurnalistlar savollariga javob berar ekan, bayon qilgan.

Oq uy rahbari Eron bilan muloqotlar davom etayotganini tasdiqladi va ularni “jiddiy muzokaralar” deb atadi. Shu bilan birga, AQShning bu boradagi aniq rejasi haqida ochiq ma’lumot bermadi.

Trampning ta’kidlashicha, qaror muzokaralar natijasiga qarab qabul qilinadi. U “bitim bo‘lsa — yaxshi, bo‘lmasa — keyin ko‘ramiz” degan yondashuvni bildirgan.

Tramp xavfsizlik masalalarida Yaqin Sharqdagi ittifoqchilarini ehtimoliy harakatlar rejasi bilan oldindan to‘liq xabardor qilmasligini ham ma’lum qildi. Uning fikricha, rejani oshkor qilish uning samaradorligini yo‘q qilishga olib kelishi mumkin.

Shu bilan birga, AQShning mintaqaga qo‘shimcha harbiy kuchlar joylashtirgani haqida xabarlar tarqaldi. Jumladan, Eron sohillari yaqiniga “Avraam Linkoln” aviatashuvchi kemasi boshchiligidagi zarbdor guruh yuborilgani aytilmoqda.

Bu esa mintaqada ehtimoliy to‘qnashuvlar xavotirini kuchaytirdi. Eron esa AQSh va uning ittifoqchilari obyektlariga, jumladan Isroilga tegishli bazalar va kemalarga javob zarbasi berilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Tramp esa Eron urushdan ko‘ra yadroviy va raketa dasturlari bo‘yicha kelishuvga kelishga ko‘proq tayyor ekaniga ishonishini bildirdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026