Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+16°
переменная облачность ветер 1 м/с, Ю
ENRU

Yadroviy shartnoma tugaydi: dunyo xavf ostida

Dunyo
63
Yadroviy shartnoma tugaydi: dunyo xavf ostida
Yer yuzida "sovuq urush" tugaganidan keyin eng keskin yadroviy qarama-qarshilik davri boshlanmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

2026 yilning 5 fevral kuni AQSH va Rossiya o‘rtasidagi Strategik hujum qurollarini cheklash va qisqartirish to‘g‘risidagi shartnoma (SNV-3) muddati nihoyasiga yetadi. Bu hujjat ikki yirik davlatning yadroviy arsenalini nazorat ostida saqlab turgan so‘nggi huquqiy vosita edi.

Mazkur shartnomaga ko‘ra, har ikki tomon yadro kallaklari sonini 1500 donadan oshirmaslik, ballistik raketalar va suvosti flotini qisqartirish majburiyatini olgan edi. Eng muhimi, bu kelishuv doirasida muntazam inspeksiya va ma’lumot almashinuvi amalga oshirilib, yadroviy ziddiyatlarning oldini olishga xizmat qilgan.

Ammo bugungi kunda Vashington ham, Moskva ham mazkur shartnomani avvalgi shartlarda davom ettirishga shoshilmayapti. AQSH yangi kelishuvga Xitoyni ham jalb etishni talab qilmoqda, chunki Pekin o‘z yadroviy salohiyatini tezlik bilan oshirmoqda.

Rossiya esa yangi shartlar nafaqat AQSH, balki NATO tarkibidagi Buyuk Britaniya va Fransiyani ham qamrab olishini istamoqda. Ekspertlar ogohlantirishicha, agar yangi kelishuv imzolanmasa, dunyo chegarasiz yadroviy qurollanish poygasiga duch kelishi va atom urushi xavfi ortishi mumkin.

SIPRI institutining hisobotiga ko‘ra, dunyodagi yadroviy zaxiraning 90 foizi Rossiya va AQSH qo‘lida to‘plangan. Xitoy esa 600 ta yadroviy kallak bilan ularga yetib olishga intilyapti.

ICAN tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo davlatlari har soniyada deyarli 2900 dollarni ommaviy qirg‘in qurollariga sarflamoqda. Hozirda 9 ta davlat yadroviy salohiyatga ega.

Ukrainadagi urush kontekstida taktik yadro qurolini qo‘llash ehtimoli va NATOning bunga javoban arsenalini tayyor holatga keltirishi vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda. Buyuk davlatlar bu keskinlikni yumshata oladimi yoki qurollanish poygasi to‘xtatib bo‘lmas jarayonga aylanadimi?

Bu savol hanuz ochiq qolmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026