Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+15°
пасмурно ветер 2 м/с, СВ
ENRU

AQSh harbiylari Ormuz bo‘g‘ozi yaqinida Eron katerlarini yo‘q qildi

Dunyo
11
AQSh harbiylari Ormuz bo'g'ozi yaqinida Eron katerlarini yo'q qildi
Amerika Qo‘shma Shtatlari harbiylari Ormuz bo‘g‘ozi yaqinida Eronning o‘n olti ta minalovchi katerini yo‘q qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda 10 mart kuni AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy Qo‘mondoni ma’lum qildi. Zarba Eronning mintaqadan neft tashuvchi kemalar o‘tadigan Ormuz bo‘g‘ozini minalashtirish niyatida ekani haqida tarqalgan xabarlardan so‘ng berildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp ham o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida Eron kemalarining yo‘q qilinganini tasdiqladi. Markaziy Qo‘mondonlik tomonidan zarba berilgan katerlar tasvirlangan video ham e’lon qilindi.

Ormuz bo‘g‘ozi Yaqin Sharqdan neft tashish uchun eng muhim yo‘laklardan biri bo‘lib, Isroil va AQShning Eronga qarshi urushi boshlanganidan beri unda fuqarolik kemalari deyarli harakat qilmayapti. 10 mart tongida Islom Inqilobi Posbonlari Korpusi AQSh va Isroil hujumlari davom etar ekan, mintaqadan neft eksport qilinishiga yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qildi.

Shundan so‘ng, AQSh razvedkasiga tayangan holda, Eron Ormuz bo‘g‘ozini minalashtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Donald Tramp Tehronni bu harakati uchun og‘ir oqibatlar kutayotgani haqida ogohlantirdi.

Eslatib o‘tish joizki, Isroil va AQSh 28 fevral kuni Eronga qarshi yirik harbiy hujumlarni boshlagan edi. Harbiy harakatlarning ilk kunida Eron oliy ruxoniysi oyatulloh Ali Xomenei va bir qator yuqori martabali amaldorlar halok bo‘ldi.

Uning o‘rnini 56 yoshli o‘g‘li Mojtaba Xomenei egalladi. Bunga javoban Eron ham Isroil hududi va AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalariga zarbalar bermoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026