Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

AQSH va Isroil Eronga qarshi urushda muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda

Dunyo
24
AQSH va Isroil Eronga qarshi urushda muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda
Qo‘shma Shtatlar va Isroil Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy amaliyotni boshlaganidan beri yigirma kundan ortiq vaqt o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu davr mobaynida amerikalik harbiylar orasida tashvish, xavotir va ruhiy norozilik sezilarli darajada ortib ketgan. Vashington va Tel-Aviv ma’muriyatlari urushni tezkor va hal qiluvchi qadam deb hisoblagan bo‘lsa-da, Eron hukumati o‘z barqarorligini saqlab qolmoqda.

Eron xalqi davlat rahbariyati atrofida yanada jipslashgani va birlikka erishgani kuzatilmoqda. Harbiy tahlillar va ishonchli ma’lumotlarga ko‘ra, Xormoz bo‘g‘ozi qat’iy nazoratga olinganidan so‘ng, neft va gaz narxlari dunyo bozorida keskin oshdi.

AQSH prezidenti Donald Tramp Eronning strategik ahamiyatga ega Xork oroliga qurolli harakat qilishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu voqealar harbiylar orasidagi xavotir va stress holatini yanada kuchaytirmoqda.

Ushbu amaliyotlar natijasida AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy obyektlariga Eron tomonidan raketa va dronlar bilan jiddiy zarba berildi. Shu vaqt ichida o‘n uch nafar amerikalik askar halok bo‘ldi, yuz ellarcha kishi jarohatlandi.

Yosh askarlar biz Isroil uchun o‘lishni istamaymiz deya ochiq bildirishmoqda. Ular urushning aniq sabablarini siyosiy yetakchilardan so‘rab, tushuntirish talab qilmoqdalar.

Tahlilchilar fikricha, AQSHning bu urushga kirishi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning bosimi va Amerikadagi kuchli lobbining ta’sirida amalga oshirilgan. Erondagi fojiali zarbalar, xususan Minob tumanidagi Shajarayi Toyyiba maktabiga berilgan bombardimon oqibatida kamda yuz yetmish nafar o‘quvchi va o‘qituvchi halok bo‘lgani uchun norozilik yanada kuchaydi.

Amnesty International tashkiloti ushbu amaliyot uchun AQSHning zimmasida mas’uliyat bor deb hisoblaydi. Urush iqtisodiy jihatdan ham katta oqibatlarga ega bo‘ldi.

Bir oy ichida AQSH harbiy operatsiyalari uchun sarflangan mablag‘ yigirma yetti milliard dollardan oshdi va xarajatlar kundan-kunga ortib bormoqda. Shuningdek, AQSHning xalqaro maydondagi mavqei ham zaiflashdi.

Hatto Shveysariya kabi an’anaviy ittifoqchi davlat ham Eronga qarshi qurol eksportini chekladi. Shu tariqa, AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlari nafaqat strategik maqsadga erishishda muvaffaqiyatsiz bo‘ldi, balki harbiylar orasida ruhiy norozilikni kuchaytirdi.

Iqtisodiy yo‘qotishlar ortdi va xalqaro hamkorlar bilan munosabatlar murakkablashdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026