ENRU

Xitoy Amerika obligatsiyalarini sotib oltin zaxiralarini keskin ko'paytirmoqda

Dunyo
40
Xitoy Amerika obligatsiyalarini sotib oltin zaxiralarini keskin ko'paytirmoqda
Jahon moliya bozorida dollar hukmronligiga jiddiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yirik geosiyosiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bu haqda One.uz xabar beradi.

Dunyoning ikkinchi raqamli iqtisodiyoti hisoblangan Xitoy AQSHning g‘aznachilik obligatsiyalaridagi ulushini izchil ravishda sotib, ushbu ko‘rsatkichni 2001-yilgi tarixiy darajagacha tushirib yubordi. Bir vaqtning o‘zida Pekin xalqaro bozorlarda oltin narxining keskin qimmatlashishiga qaramay, qimmatbaho metall zaxiralarini misli ko‘rilmagan sur’atda jamg‘arishda davom etmoqda.

Xitoy Xalq banki tomonidan e’lon qilingan so‘nggi moliyaviy ma'lumotlar mamlakatning Amerika valyutasiga bog‘liqlikni kamaytirish va o‘z iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlash strategiyasini ochiq namoyon qildi. Oltin xarididagi yangi rekordlar Xitoyning zaxiralarni dollardan xoli qilish va aktivlarni diversifikatsiyalash bo‘yicha amalga oshirayotgan harakatlari yangi bosqichga chiqdi.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, Xitoy Xalq banki o‘tgan avgust oyida o‘z oltin zaxiralarini birdaniga 650 ming unsiyaga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich so‘nggi yillar ichidagi eng yuqori natijalardan biri bo‘lib, mamlakatning qimmatbaho metallarga bo‘lgan ehtiyoji naqadar yuqori ekanligini ko‘rsatadi.

E’tiborli jihati shundaki, xalqaro birjalarda oltin narxi rekord darajada qimmatlashib borayotganiga qaramay, Pekin moliyaviy xarajatlarga qaramasdan jamg‘arish siyosatini faol ravishda davom ettirmoqda. Mazkur xarid bilan Xitoy Markaziy banki ketma-ket 22 oydan beri oltin sotib olishni to‘xtatgani yo‘q.

Mutaxassislarning fikricha, Xitoy o‘z vaqtida Amerika qarz majburiyatlaridan voz kechib, o‘rniga oltin jamg‘argan Rossiyaning moliyaviy modelini takrorlamoqda. AQSH obligatsiyalaridan voz kechish sabablari Xitoyning ushbu harakatlari Amerikaning davlat moliya tizimi uchun murakkab vaziyatni yuzaga keltirmoqda.

Hozirda Xitoy portfelidagi AQSH g‘aznachilik obligatsiyalarining umumiy ulushi 2001-yilgi, ya’ni Xitoy Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lgan davrdagi darajagacha qisqarib ketdi. Bu chorak asrlik minimal ko‘rsatkich hisoblanadi va dollar iqtisodiyoti uchun jiddiy signaldir.

Iqtisodiy tahlilchilarning ta’kidlashicha, Pekin aktivlarning muzlatib qo‘yilishi yoki ehtimoliy sanksiyalar xavfini hisobga olib, o‘z mablag‘larini AQSH dollari va Amerika moliyaviy vositalaridan shoshilinch ravishda chiqarib olmoqda. Hech bir tashqi kuch tomonidan bloklab bo‘lmaydigan jismoniy oltin aktivlari hozirda Xitoy uchun asosiy xavfsizlik kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ushbu jarayon jahon moliya tizimida kuchlar nisbati o‘zgarayotganidan dalolat beradi.

O‘xshash yangiliklar

Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29
Misrda dehqon Ramzes II haykali qismlarini topdi
Misrda dehqon Ramzes II haykali qismlarini topdi
Misrda dehqon tomorqa qurish jarayonida 3000 yildan ortiq qadimgi tarixga ega Ramzes II haykallarining bo‘laklari topildi. Bu voqea yer ostidagi qadimiy merosning hali
DunyoKecha, 18:18