Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+12°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Taylandlik Opal Suchata “Dunyo go‘zali” bo‘ldi

Dunyo
58
Taylandlik Opal Suchata “Dunyo go‘zali” bo‘ldi
2025 yilgi “Dunyo go‘zali” xalqaro tanlovi natijalari Hindistonning Haydarabod shahrida e’lon qilindi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu nufuzli musobaqada 108 nafar ishtirokchi qatnashdi. G‘oliblikni Tayland vakili Opal Suchata Chuangsri qo‘lga kiritdi.

Finalda Efiopiyalik Hasset Derej Admasu birinchi vitse-miss unvoniga sazovor bo‘ldi. Tanlov 72-marotaba tashkil etildi va uni 2016 yilgi g‘olib Stefani del Valle hamda hindistonlik mashhur boshlovchi Sachin Kumbar olib bordi.

Hindiston ketma-ket ikkinchi yil ushbu xalqaro musobaqaga mezbonlik qildi. Hindiston sharafini himoya qilgan Nandini Gupta final bosqichiga chiqib, so‘nggi 20likka kirdi.

“Hindiston “Dunyo go‘zali” tanlovida tarixan muvaffaqiyatli qatnashgan mamlakat hisoblanadi. Mamlakatdan olti nafar ishtirokchi ushbu unvonga ega bo‘lgan.

Ular orasida Reyta Fariya (1966), Ayshvariya Ray (1994), Diana Hayden (1997), Yukta Muqxiy (1999), Priyanka Chopra (2000) hamda Manushi Chxillar (2017) bor. “Dunyo go‘zali” tanlovi faqat tashqi go‘zallikni emas, balki aql-zakovat, ijtimoiy faollik va insonparvarlikka bo‘lgan sadoqatni ham baholaydi.

G‘oliblar butun dunyo bo‘ylab turli xayriya tadbirlarida faol ishtirok etadi, jamoatchilik bilan muloqotda bo‘ladi hamda muhim ijtimoiy loyihalarni ilgari suradi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026