{ld_json} [lang=ru,en][/lang]
[lang_uz]Bugun[/lang_uz][lang_ru]Сегодня[/lang_ru][lang_en]Today[/lang_en]
Ispaniya terma jamoasi 50 mln dollarning 30 foizini AQSH soliqga to‘ladi
File engine/modules/json_openweathermap_pogoda_one_day.php not found.
{multilanguage mode="link" template="multilanguage" order="code" sort="asc" actualshow="no"}

Xorazmda giyohvand moddalar sotuvchilari ushlangan

Jamiyat
25
Xorazmda giyohvand moddalar sotuvchilari ushlangan
Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, giyohvand moddalar savdosiga aloqador shaxslar ushlangan. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan bir nechta maxsus operativ tadbirlar o‘tkazildi. Jumladan, Urganch shahrida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaroning uyida o‘tkazilgan ko‘zdan kechirishda gaz pechi ichida 5,12 gramm giyohvand modda – geroin yashirilgani aniqlangan.

Ushbu modda keyinchalik sotish maqsadida saqlanganligi qayd etildi. Shuningdek, Xazarasp tumanida “Damas” rusumli avtomobil to‘xtatilib, unda yo‘lovchi sifatida bo‘lgan, 2005 yilda tug‘ilgan Yangiariq tumani fuqarasining sumkasidan 15,7 gramm sintetik giyohvand modda – mefedron topilgan.

Bundan tashqari, Xazarasp tumanida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan va ilgari firibgarlikda sudlangan shaxs giyohvand moddani sotayotgan vaqtida ushlangan. U 10 gramm opiyni 3,5 million so‘mga sotayotganida qo‘lga olingan.

Uyida o‘tkazilgan tintuvda yana 300 gramm opiy topilgan. Hamma holatlarda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Giyohvand moddalarni noqonuniy ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash va boshqa harakatlar, ularni sotish maqsadida amalga oshirilgan harakatlar” moddasi bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Jinoyatchilarga 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]