Bugun
Tailand 2026 yildan O'zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qiladi
+26°
пасмурно ветер 2.6 м/с, СВ
EN RU

Olmazorda vodorod peroksid oqib chiqishi aniqlandi

Jamiyat
36
Olmazorda vodorod peroksid oqib chiqishi aniqlandi
Bugun, 21 iyul kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Olmazor tumanidagi Uzumbog ko‘chasida oltingugurt hidining paydo bo‘lishi haqida xabar kelib tushdi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Ushbu ma’lumot ijtimoiy tarmoqlarda ham tez tarqaldi. Vaziyat joyiga O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining radiatsiya, kimyo hamda tibbiy-biologik himoya bo‘yicha mutaxassislari chaqirildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, omborda vodorod peroksidining idishdan oqib chiqishi natijasida zararli modda havoga tarqalgan. Hozirda qutqaruvchilar oqibatlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqdalar.

Vaziyat to‘liq nazorat ostida bo‘lib, barcha xizmatlar voqea joyida faoliyat olib bormoqda. Qo‘shimcha ma’lumotlar tekshiruv tugagach taqdim etiladi.

O‘xshash yangiliklar