
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilga nisbatan 40 dan 45 yoshgacha bo‘lgan ayollarning birinchi marta ona bo‘lish ko‘rsatkichi uch baravar oshdi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.
Joriy yilning birinchi yarim yillik davrida 3178 nafar ayol 40 yoshdan keyin birinchi marta farzandli bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2105 taga ko‘pdir.
Shuningdek, 45 yoshdan katta 42 nafar, 50 yoshdan oshgan 1394 nafar va 60 yoshdan yuqori 257 nafar ayollar ota-ona bo‘ldi. Erkaklar orasida esa 50 yoshdan keyin 8 nafar, 70 yoshdan keyin esa 17 nafar ota bo‘lgani qayd etildi.
O‘zbekistonda ayollarning o‘rtacha birinchi farzand dunyoga keltirish yoshi 23 yoshga teng. Tug‘ilishlar eng ko‘p Samarqand viloyatida — 48 769 nafar, shuningdek, Farg‘ona viloyatida — 45 508 nafar qayd etilgan.
Eng kam tug‘ilishlar Navoiy viloyatida — 11 434 nafar va Sirdaryo viloyatida — 10 023 nafar bo‘ldi. Bundan tashqari, 50 yoshdan oshganlar orasida nikohlar soni 14,7 foizga oshgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich eng yuqori Toshkent shahrida kuzatilmoqda.
Ushbu ma’lumotlar ijtimoiy va demografik jarayonlar haqidagi tahlillar uchun muhim ahamiyatga ega.