Bugun
Amorim Gvardiola bilan taqqoslashni kulgili deydi
+21°
ясно ветер 2.1 м/с, В

Ishtixonda 71 yoshli ayol giyohvand moddada ushlangan

Jamiyat
7
Ishtixonda 71 yoshli ayol giyohvand moddada ushlangan
Samarkand viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, noqonuniy giyohvand moddalar savdosida gumon qilingan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, ilgari olingan ma’lumotlar asosida, Ishtixon tumani “Namuna” mahallasida yashovchi 71 yoshli ayol giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangani aniqlangan. Ayolning giyohvand modda sotayotgan payti ushlangan.

Sotilayotgan mablag‘ 100 ming so‘mni tashkil etgan. Uyda o‘tkazilgan tintuvda bir necha o‘nlab idishlarda marixuana saqlangani aniqlanib, jami 5,5 kilogramm giyohvand modda musodara qilindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasining 5-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ushbu modda noqonuniy giyohvand moddalar ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash va boshqa harakatlar savdoga yo‘naltirilgan taqdirda 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutadi.

Hozirda tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Citizen Kane filmidagi Rosebud chang‘i 14,75 mln dollarga sotildi
Citizen Kane filmidagi Rosebud chang‘i 14,75 mln dollarga sotildi
Gollivud tarixidagi eng mashhur kino rekvizitlardan biri hisoblangan 1941 yilda suratga olingan “Citizen Kane” filmidagi “Rosebud” chang‘i Heritage Auctions auksionida 14,75 million dollarga
Dunyo 16:35, 17-07-2025
Oʻzbekistondagi avtomobillar narxida qanday oʻzgarishlar boʻlmoqda?
Oʻzbekistondagi avtomobillar narxida qanday oʻzgarishlar boʻlmoqda?
Ikkilamchi avtomobil bozorida mahalliy avtomobillar hamda elekromobillar narxida pasayish tendentsiyasi 2025 yilning yanvar oyida ham davom etdi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
Avto 20:23, 12-02-2025
Ishtixon qabristonida 50 sotix yong‘in yondi
Ishtixon qabristonida 50 sotix yong‘in yondi
2025 yil 24 avgust kuni Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida joylashgan “Polvon ota” qabristonida yong‘in yuz berdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Yong‘in haqida Samarqand viloyati Favqulodda
Oʻzbekiston 17:32, 26-08-2025
Ikkilamchi bozorda Onix, Lacetti, Cobalt, Nexia, Spark va Damas narxi arzonlashdi
Ikkilamchi bozorda Onix, Lacetti, Cobalt, Nexia, Spark va Damas narxi arzonlashdi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2025 yilning fevral oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxlarining o‘zgarishi tahlil qilindi. Mahalliy ommabop
Avto 14:43, 18-03-2025
Trump noqonuniy muhojirlar uchun yangi mexanizmni ishga tushirdi
Trump noqonuniy muhojirlar uchun yangi mexanizmni ishga tushirdi
AQSh prezidenti Donald Trump videomurojaat qilib, noqonuniy muhojirlarni mamlakatni ixtiyoriy ravishda tark etishga chaqirdi. Ularning bu jarayonni amalga oshirishlari uchun CBP Home maxsus
Dunyo 06:04, 19-03-2025