Bugun
3D texnologiyalar Deyv Richardsning yuzini tikladi
+14°
ясно ветер 2.1 м/с, СВ

Zomin tumanida yo‘lovchi xavfli harakat qildi

Jamiyat
6
Zomin tumanida yo‘lovchi xavfli harakat qildi
Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yo‘lovchisining harakatlari sababli haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Zomin tumanida yuz bergan voqea tasvirlangan videorolik tarqaldi. Unda Nexia-3 rusumli avtomobil harakatlanayotganda undagi qiz oynadan boshini chiqarib, o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur avtomobil Toshkent viloyatiga rasmiy ro‘yxatdan o‘tganligi sababli, haydovchi viloyat YHXBga chaqirildi. Suhbat davomida ma’lum bo‘lishicha, haydovchi taksist bo‘lib, Qozog‘iston fuqarosini Zomin tumaniga sayrga olib borgan.

Orqaga qaytayotganda, yo‘lovchi oynadan boshini chiqarib, o‘zining suratini va videotasvirini olgan. Ushbu holat yuzasidan haydovchiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va unga profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Bu kabi holatlar yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish muhimligini yana bir bor eslatadi.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar