Bugun
Rodrigo: "Real" futbolkasida qolib, bor kuchimni beraman
+23°
ясно ветер 4.1 м/с, С

Sirdaryoda noqonuniy elektr energiyasi ishlatildi

Jamiyat
8
Sirdaryoda noqonuniy elektr energiyasi ishlatildi
Sirdaryo viloyati hududida noqonuniy ravishda elektr energiyasidan foydalanilganligi aniqlanib, bu haqda Uzenergoinspeksiya matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Sirdaryo viloyati Uzenergoinspeksiya boshqarmasi xodimlari, Milliy xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirlar davomida Sirdaryo tumanida joylashgan "U.

F. F." fermer xo‘jaligi rahbari elektr ta’minotiga noqonuniy ravishda elektr suv nasosini ulaganligi aniqlangan.

Aniqlangan qonunbuzarlik natijasida energiya ta’minoti tashkilotiga jami 1 milliard 585 million so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.

Noqonuniy harakatlarni amalga oshirgan shaxsga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “O‘g‘rilik” bandi bo‘yicha jinoiy javobgarlik qo‘yilishi mumkin. Bu esa 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan yakunlanishi mumkin.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Abduqodir Husanovning “Nyukasl”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?
Abduqodir Husanovning “Nyukasl”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?
Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida "Manchester Siti" o‘z maydonida "Nyukasl" ustidan yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv qahramoni Omar Marmush bo‘ldi – u
Sport 22:35, 15-02-2025
Ledi Gaga Braziliyada tarixiy konsert o‘tkazdi: 2 milliondan ziyod muxlis yig‘ildi
Ledi Gaga Braziliyada tarixiy konsert o‘tkazdi: 2 milliondan ziyod muxlis yig‘ildi
3 may kuni mashhur amerikalik pop yulduzi Ledi Gaga o‘zining faoliyatidagi eng katta va eng shov-shuvli konsertlaridan birini Braziliyaning eng mashhur sohili – Rio-de-Janeyrodagi Kopakabanada
Dunyo 13:06, 5-05-2025
Toshkentda 1168 jinoyatchi qo‘lga olindi 2025 yilda
Toshkentda 1168 jinoyatchi qo‘lga olindi 2025 yilda
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi 2025 yilning birinchi yetti oyida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.
Jamiyat 01:27, 11-08-2025
Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr va fidya miqdori qancha qilib belgilandi?
Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr va fidya miqdori qancha qilib belgilandi?
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi 2025 yil Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdorini e’lon qildi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bu yilgi Ramazon
Jamiyat 18:50, 28-02-2025
Tottenham – Manchester City: Gvardiola Husanov haqida o'yindan keyin nima dedi?
Tottenham – Manchester City: Gvardiola Husanov haqida o'yindan keyin nima dedi?
Angliya Premer-ligasi doirasidagi bahsda Manchester City safarda Tottenham ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindagi yagona golni Erling Holand 12-daqiqada kiritdi va jamoasiga muhim uch
Sport 05:51, 27-02-2025