Bugun
Penske Media Google’ni sun’iy intellektda aybladi
+22°
дымка ветер 3.1 м/с, В

O‘zbekiston va Rossiya Ombudsmanlari uchrashuvi haqida

Jamiyat
4
O‘zbekiston va Rossiya Ombudsmanlari uchrashuvi haqida
2025 yil 29 iyul kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) Feruza Eshmatova hamda Rossiya Federatsiyasi inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatiana Moskalkova boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Ushbu muloqot ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan muhim qadam sifatida baholandi. Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikni mustahkamlashga doir keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildi.

Asosiy e’tibor fuqarolarning murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish, qiynoqlarni aniqlash va oldini olish, jazoni ijro etish muassasalarida inson huquqlarini ta’minlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarga munosib sharoit yaratish hamda mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish kabi dolzarb yo‘nalishlarga qaratildi. Feruza Eshmatova Rossiya hamkasblariga O‘zbekistonda inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Ombudsman institutining huquqiy asoslari mustahkamlanib, u samarali, mustaqil va aholiga yo‘naltirilgan organ sifatida shakllantirilayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, Ombudsman faoliyatini kengaytirish, elektron platformalar va mobil ilovalar joriy etilishi inson huquqlarini himoya qilishning tezligi va imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirayotgani, institutning milliy va xalqaro miqyosdagi obro‘sini mustahkamlashga xizmat qilayotgani qayd etildi.

O‘zbekiston va Rossiya Ombudsmanlari o‘rtasidagi hamkorlik asoslari 2019 yilda imzolangan hamkorlik memorandumi bilan mustahkamlangan. Shundan buyon O‘zbekiston vakillari Rossiyaga muntazam ishchi tashriflar uyushtirib, o‘z vatandoshlarining murojaatlarini o‘rganish, jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatishda Rossiya Ombudsmani bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.

Joriy uchrashuv davomida ikki davlat fuqarolarining murojaatlarini birgalikda ko‘rib chiqish tajribasi muvaffaqiyatli ekanligi alohida ta’kidlandi. 2025 yilning ikkinchi choragida O‘zbekiston Ombudsmaniga xorijdagi Ombudsmanlar va fuqarolardan jami 87 murojaat kelib tushgan bo‘lib, ulardan 38 tasi Rossiya Federatsiyasiga taalluqli edi.

Rossiya Ombudsmaniga esa O‘zbekistonda yashayotgan fuqarolar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha 7 murojaat yuborilgan. Aksariyat murojaatlar muvaffaqiyatli hal etilganligi ikki tomonlama hamkorlik samaradorligini ko‘rsatadi.

Ombudsman institutlari o‘rtasidagi hamkorlik vatandoshlarimiz duch kelayotgan ko‘plab muammolarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega. Uchrashuv yakunida tomonlar faol muloqotni davom ettirish va amaliy hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Huquq himoyasi sohasida tajriba almashish, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish hamda aniq ishlar bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish rejalashtirildi. Bu nafaqat mavjud muammolarni samarali hal qilish, balki tez o‘zgarayotgan dunyo sharoitida fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun yangi mexanizmlar ishlab chiqishga imkon yaratadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) matbuot xizmati.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Citizen Kane filmidagi Rosebud chang‘i 14,75 mln dollarga sotildi
Citizen Kane filmidagi Rosebud chang‘i 14,75 mln dollarga sotildi
Gollivud tarixidagi eng mashhur kino rekvizitlardan biri hisoblangan 1941 yilda suratga olingan “Citizen Kane” filmidagi “Rosebud” chang‘i Heritage Auctions auksionida 14,75 million dollarga
Dunyo 16:35, 17-07-2025
Xorazm toʻylaridagi “birrovi” eng qimmat xonanda Feruza Jumaniyozova 41 yoshda
Xorazm toʻylaridagi “birrovi” eng qimmat xonanda Feruza Jumaniyozova 41 yoshda
14 fevral sanasida “Yalla habibi” va “Kel azizim” qoʻshiqlari bilan muxlislar mehrini qozongan taniqli xonanda Feruza Jumaniyozova 41 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan bir necha yillik
Madaniyat 03:54, 20-02-2025
Feruza Jumaniyozova: qayta ijodga qaytish va yangi hayot sahifasi (video)
Feruza Jumaniyozova: qayta ijodga qaytish va yangi hayot sahifasi (video)
Taniqli oʻzbek xonandasi Feruza Jumaniyozova 14 fevral kuni 41 yoshini nishonladi. "Yalla habibi" va "Kel azizim" qoʻshiqlari bilan muxlislar mehrini qozongan san'atkorning
Madaniyat 03:54, 20-02-2025
612 ot kuchiga ega Range Rover Overfinch versiyasi chiqdi
612 ot kuchiga ega Range Rover Overfinch versiyasi chiqdi
Britaniyaning Overfinch atelyesi Range Rover 2025 uchun Velocity Edition nomli maxsus versiyani taqdim etdi, deb cenyavto.com xabar berdi. Ushbu modifikatsiya kengaytirilgan qanotlar, yangi kapot,
Avto 23:50, 10-03-2025
Bugungi reyslar jadvali — 23 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 23 avgust
23 avgust kuni reyslar jadvali bo‘yicha umumiy 40 ta jo‘natish va 41 ta kelish amalga oshiriladi, deb xabar berdi uzairways.com. Eng erta jo‘natish soat 00:25 da amalga oshsa, oxirgi reys 23:50 da
Oʻzbekiston 00:10, 23-08-2025