Bugun
Hindiston va AQSh savdo kelishuvi nega to‘xtadi?
+4°
ясно ветер 2.1 м/с, СВ

Noqonuniy gaz iste’moli bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Jamiyat
16
Noqonuniy gaz iste’moli bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati tomonidan tabiiy gazning noqonuniy ishlatilishi holati aniqlangani haqida xabar berildi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Uchko‘prik tumani boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan dastlabki tekshiruv natijasida, ilgari sudlangan jamoat ovqatlanish nuqtasi rahbari, R.K. MChJning oshxonasini gaz ta’minotiga noqonuniy ulanganligi aniqlangan.

U tabiiy gazni tijorat maqsadida noqonuniy ravishda iste’mol qilgan. Natijada gaz ta’minoti tashkilotiga yetkazilgan zarar 1 milliard 600 million so‘m miqdorida baholangan.

Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining o‘g‘irlik moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Aybdorga 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar