Bugun
Bugun O‘zbekistonda iliq va qulay ob-havo bo‘ladi
+7°
ясно ветер 2.1 м/с, СВ

Bektemirda giyohvand moddalar tarqatuvchilari ushlangan

Jamiyat
12
Bektemirda giyohvand moddalar tarqatuvchilari ushlangan
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, noqonuniy giyohvand moddalar aylanmasida gumon qilingan shaxslar ushlandi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Bektemir tumani hududida ichki ishlar xodimlari tomonidan shubhali ikki fuqaro to‘xtatilib, tekshiruv o‘tkazildi. Tekshiruv jarayonida ular tuman hududida giyohvand moddalarni tarqatish bilan shug‘ullanganliklari aniqlanib, yashirin joylarga zakladkalar qo‘yganliklari ma’lum bo‘ldi.

Gumon qilinuvchilardan turli xil giyohvand moddalar joylashtirilgan jami 44 o‘ram topilib, olib qo‘yildi. Jinoyatchilar o‘z harakatlarini moliyaviy qiyinchilik va zarurat bilan izohlashdi.

Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi, 5-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ushlangan shaxslar protsessual tartibda ushlangan bo‘lib, ularga 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

Ichki ishlar organlari ushbu kabi jinoyatlarga qarshi kurashni davom ettirmoqda va fuqarolardan bunday holatlar haqida xabardor qilishni so‘ramoqda.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar