Bugun
Flik Reshfordni mashg‘ulotga kechikgani uchun jazoladi
+26°
пасмурно ветер 2.1 м/с, З

Toshkentda 560 ming dollar o‘g‘irlandi, jinoyatchilar ushlanmoqda

Jamiyat
11
Toshkentda 560 ming dollar o‘g‘irlandi, jinoyatchilar ushlanmoqda
Toshkent shahar IIBBning "Tezkor Tasvir" axborot dasturida xabar berilishicha, pul mablag‘larini o‘g‘irlash bilan bog‘liq jinoyat ishi ochildi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Joriy yilning 21 iyun kechasi soat 02:20 atrofida Mirabad tumani hududida ikki fuqaro tashkilot ofisiga kirib, u yerdan seyfni o‘g‘irlashgan. Jinoyatchilar seyfni oynadan tashqariga uloqtirib, o‘zlari bilan "Gentra" rusumli avtomobilga yuklashgan.

Keyinchalik ular jinoyatchilardan birining uyiga borib, burchakli arra yordamida seyfni kesib ochishgan va ichidan 560 ming AQSh dollarini olib ketishgan. Seyfda shuningdek, ikki dona fleshka va turli hujjatlar bo‘lgan.

Seyfni ochib bo‘lgach, jinoyatchilar uni shahar hududidan oqib o‘tuvchi kanalga uloqtirib, dalillarni yashirishga harakat qilishgan. O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jinoyatchilarning shaxslari aniqlangan.

Ulardan biri Qirg‘izistonga qochishga uringan, ammo Andijon shahridagi mehmonxonalardan birida ushlangan. Jinoyatchilardan 440 ming AQSh dollari va o‘g‘irlangan pul evaziga sotib olingan yangi "Honda" motosikli topilgan.

Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "O‘g‘irlik" moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekiston milliy jamoasi hozirdanoq saralash o‘yinlarida ochko to‘plash bo‘yicha eng yaxshi natijasini qayd etib turganiga qaramay, hal qiluvchi o‘yinlar endi o‘tkaziladi. Futbol bo‘yicha
Sport 18:45, 22-03-2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Foto: Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan surat Biznes sheriklar Toshkent shahrida yashovchi Zayni Eshonqulov poyabzal savdosi bilan shug‘ullangan. U poytaxtdagi Eshonguzar bozorida oyoq kiyim
Jamiyat 19:09, 5-04-2025
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
2022 yil 24 fevral kuni ertalab soat 4 larda Rossiya armiyasi Ukraina hududiga hujum boshlagandi. Yurish bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda: janub, sharq va shimoldan olib boriladi. Biroq,
Dunyo 13:41, 28-02-2025
Chiroyli turmushning xunuk yakuni va ikkinchi urinishda topilgan baxt: xonanda Ruxshona 31 yoshda
Chiroyli turmushning xunuk yakuni va ikkinchi urinishda topilgan baxt: xonanda Ruxshona 31 yoshda
Xonanda Ruxshona 21 mart kuni 31 yoshni qarshi oldi. Hamisha baxtlidek ko‘rinadigan xonandaning ham o‘ziga yarasha muammolari va armonlari bor. Siz bolalik travmalari bilan ulg‘aygan, erta mehnat
Madaniyat 09:28, 26-03-2025
Dunyoda qaysi avtomobillar eng ko‘p sotilmoqda?
Dunyoda qaysi avtomobillar eng ko‘p sotilmoqda?
2024 yilda global miqyosdagi avtomobillar sotuvi 88,2 million donani tashkil etdi. Bu 2023 yilga nisbatan 2,7 foizga ko‘p. Xo‘sh, o‘tgan yili avtomobil sanoatida qanday o‘zgarishlar yuz bergan? LMC
Avto 17:57, 23-03-2025