
Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatida ma’lumot e’lon qilindi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahrida ikki erkak o‘rtasida avtoturargoh joyi uchun janjal yuzaga kelgani haqida xabar tarqaldi. Ichki ishlar xodimlari holatni o‘rganib, qonun buzgan shaxslarga nisbatan chora ko‘rdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu voqea joriy yilning 5 avgust kuni Qo‘qon shahridagi “Obod” mahallasida sodir bo‘lgan. Ikki erkak o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik oddiy janjaldan jismoniy to‘qnashuvga aylandi.
Natijada, qonun buzuvchilar bir-biriga tan jarohati yetkazgan. Ushbu holat bo‘yicha ikki shaxsga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik kodeksining “Yengil tan jarohati yetkazish” hamda “Mayda bezorilik” moddalariga asosan ma’muriy protokollar rasmiylashtirildi.
Ish sudga yuborilib, tegishli jazo tayinlanishi uchun ko‘rib chiqilmoqda.