
2025 yil 1 noyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan yangi qo‘llab-quvvatlash tizimi – “kasbiy vaucher” joriy etiladi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.
Ushbu vaucher qo‘shimcha ta’lim olish, malakani oshirish yoki qayta tayyorlash imkonini beradi. Vaucher qarz shaklida beriladi.
Ta’limni muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikat olgandan va ishga joylashgandan so‘ng, oluvchi mablag‘ni ikki yil ichida jamg‘arma fondiga qaytarishi lozim. Shuningdek, ta’lim davrida minimal ish haqining miqdorida stipendiya beriladi.
Mazkur stipendiya fond hisobidan quyidagi fuqarolarga to‘lanadi: nogironligi bo‘lgan shaxslarga; kam ta’minlangan oilalar ro‘yxatiga kiritilgan va ta’lim muddati uch oydan oshgan shaxslarga; boshqa hududlardan ta’lim olish uchun kelgan fuqarolarga. Muhim jihati shundaki, ishsizlik nafaqasi oluvchi shaxslarga stipendiya berilmaydi.
Ushbu tizim ta’lim olishni rag‘batlantirish va malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan.