Bugun
YouTube bloklangan kanallarga qaytish imkonini berdi
+24°
ясно ветер 2.1 м/с, С

Talabalar uchun ijodiy imtihonlar 12-13 avgustda bo‘ladi

Jamiyat
9
Talabalar uchun ijodiy imtihonlar 12-13 avgustda bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi hududida 12-13 avgust kunlari xorijiy yoki nodavlat ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirishni istagan talabalar uchun professional (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Ushbu imtihonlar maxsus ijodiy qobiliyatlarni talab qiluvchi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi. Imtihonda ishtirok etish uchun talabalar my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetlaridan kirish guvohnomasini yuklab olishlari lozim.

Kirish guvohnomasida imtihonning aniq sanasi, vaqti hamda o‘tkazilish joyi ko‘rsatilgan. Imtihon kuni ishtirokchilar o‘z vaqtida kelishlari, shaxsini tasdiqlovchi pasport yoki ID-karta va kirish guvohnomasini o‘zlari bilan olib kelishlari zarur.

Shuni ta’kidlash joizki, ijodiy imtihon natijalari faqat talabalar ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi fanlaridan majburiy testlarni muvaffaqiyatli topshirgandan so‘ng hisobga olinadi. Ushbu testlardan o‘tmagan taqdirda ijodiy imtihon natijalari bekor qilinadi.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Oq non iste’moli sog‘liq uchun xavf tug‘diradi
Oq non iste’moli sog‘liq uchun xavf tug‘diradi
O‘zbek oilalarining kundalik ratsionining ajralmas qismi hisoblangan mahsulot - oq unidan tayyorlangan non - so‘nggi paytlarda oziqlanish mutaxassislari diqqat markazida bo‘lib qolmoqda. Bu haqida
Jamiyat 18:20, 8-07-2025
Buxoroda milliy non pishirish maskani ochildi
Buxoroda milliy non pishirish maskani ochildi
Buxoro viloyatida milliy qadriyatlarni va an’anaviy oshxona madaniyatini ommalashtirish maqsadida yangi madaniy maskan tashkil etildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Jondor tumanidagi Ushot
Oʻzbekiston 04:42, 22-08-2025
Green Card–2025 natijalari e’lon qilindi: 5,5 mingdan ziyod o‘zbekistonlik AQSHga yo‘l oladi
Green Card–2025 natijalari e’lon qilindi: 5,5 mingdan ziyod o‘zbekistonlik AQSHga yo‘l oladi
Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati tomonidan har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi” lotereyasi, ya’ni Green Card dasturining 2025 yil uchun natijalari
Oʻzbekiston 20:32, 12-05-2025
Tramp “Oltin karta” dizaynini taqdim etdi
Tramp “Oltin karta” dizaynini taqdim etdi
Prezident Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarda yashash huquqini beruvchi “oltin karta” qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini namoyish etdi, deb Air Force One samolyoti bortida jurnalistlar bilan suhbatda
Dunyo 18:59, 4-04-2025
Sarviqomat boʻlishning siz bilmagan 5 ta siri (diyetologlar buni aytmaydi)
Sarviqomat boʻlishning siz bilmagan 5 ta siri (diyetologlar buni aytmaydi)
Sogʻlom ovqatlanish va toʻgʻri parhez tutish asoslarini oʻrganuvchi diyetologiya ortiqcha vazn bilan kurashishning koʻplab usullari haqida ma'lumot beradi. Tavsiyalar orasida faol turmush
Foydali 18:05, 20-02-2025