
Hududgaz Poytaxt matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shaharimizda avariyaviy tiklash ishlari olib borilmoqda. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.
2024 yil 11 avgust kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi S. Mashhadiy ko‘chasida devor qulash hodisasi yuz berdi.
Bu voqea natijasida o‘rta bosimli gaz quvurida shikastlanish ro‘y berdi. Hozirda avariyaviy brigada zarar yetgan joyda ta’mirlash va tiklash ishlarini davom ettirmoqda.
Avariya sababli 150 ta xonadon gaz ta’minotisiz qoldi. Ta’mirlash ishlari tugagach, tabiiy gaz yetkazib berish to‘liq tiklanadi.
Ishlarning aniq tugash vaqti hozircha ma’lum emas. Hududgaz Poytaxt mutasaddilari ushbu vaziyatni nazorat qilmoqda va aholini vaziyat haqida xabardor qilishda davom etadi.
Gaz ta’minotining barqarorligini ta’minlash uchun barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Aholidan sabr va tushunish so‘raladi.