Bugun
Janubiy Koreya haqoratli blogerlarga qarshi choralar ko‘radi
+7°
ясно ветер 2.1 м/с, СВ

Noqonuniy mining-ferma faoliyati fosh qilindi

Jamiyat
27
Noqonuniy mining-ferma faoliyati fosh qilindi
Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, noqonuniy mining-ferma tashkil etgan fuqaro aniqlangan. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Bulakbashi tuman boshqarmasi xodimlari, Milliy xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda maxsus tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida Shirmonbulok mahallasida yashovchi fuqaroning uyi tekshirildi va u yerda noqonuniy mining-ferma faoliyati aniqlangan.

Umumiy hisobda, beshta maxsus uskuna elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanganligi aniqlanib, energiya ta’minoti tashkilotiga yetkazilgan zarar 157,9 million so‘mni tashkil etdi. Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “O‘g‘rilik” hamda “Mining faoliyatini noqonuniy amalga oshirish” moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar