Bugun
YouTube bloklangan kanallarga qaytish imkonini berdi
+24°
ясно ветер 2.1 м/с, С

Farg‘onada talab qilib pul olgan shaxs qo‘lga olindi

Jamiyat
11
Farg‘onada talab qilib pul olgan shaxs qo‘lga olindi
Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, talab qilib pul olgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

12 avgust kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan maxsus tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida erkak shaxs ushlangan bo‘lib, u oldindan maxsus kimyoviy modda bilan ishlangan 1200 AQSh dollarini olganligi ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, ushbu shaxs pul talab qilib, qizni intim mazmundagi videolavhalarni tarqatish bilan qo‘rqitgan. Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Talab qilib pul olish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu modda bo‘yicha eng kam jazolaridan biri 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishdir.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

«Toshshahartransxizmat»ning sobiq rahbari va yana 20 kishiga sud hukmi o‘qildi
«Toshshahartransxizmat»ning sobiq rahbari va yana 20 kishiga sud hukmi o‘qildi
2025 yilning 3 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudida «Toshshahartransxizmat» AJ sobiq boshqaruv raisi Anvar Jo‘rayev va yana 20 kishiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Sudga jinoyat
Jamiyat 16:42, 28-03-2025
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari
Jamiyat 17:56, 7-03-2025
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
2022 yil 24 fevral kuni ertalab soat 4 larda Rossiya armiyasi Ukraina hududiga hujum boshlagandi. Yurish bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda: janub, sharq va shimoldan olib boriladi. Biroq,
Dunyo 13:41, 28-02-2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Foto: Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan surat Biznes sheriklar Toshkent shahrida yashovchi Zayni Eshonqulov poyabzal savdosi bilan shug‘ullangan. U poytaxtdagi Eshonguzar bozorida oyoq kiyim
Jamiyat 19:09, 5-04-2025
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilingan qator hujjatlar Oliy Majlis Senatiga yuborildi, deya xabar berdi quyi palata matbuot xizmati. Oliy Majlis Qonunchilik
Oʻzbekiston 23:51, 26-01-2025