
Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati tomonidan quyidagi ma’lumot berildi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.
2024 yil 22 avgust kuni soat taxminan 13:30 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ochiq hududda qog‘oz chiqindilari va quruq o'tlarning yong‘in boshlangani haqida xabar kelib tushdi. Hodisa Toshkent shahrining Yangihayot tumani hududidagi "Chortok" mahallasida sodir bo‘ldi.
To‘rt daqiqa ichida yong‘in va qutqaruv xizmatlari hodisa joyiga yetib bordi va yong‘inni o‘chirish ishlarini boshladi. Soat 13:52 da yong‘in nazoratga olindi, 14:16 da esa to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘inni o‘chirishda jami sakkizta yong‘in-qutqaruv jamoasi faol ishtirok etdi. Shuningdek, "Tashkent Index" savdo majmuasida yong‘in bo‘lgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi ta’kidlandi.