Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 25 noyabr
+4°
туман ветер 3.1 м/с, В

Aliment to‘lovi uchun avtomobil auksionga qo‘yildi

Jamiyat
12
Aliment to‘lovi uchun avtomobil auksionga qo‘yildi
Poytaxt Majburiy ijro byurosining matbuot xizmati ma’lum qilishicha, qarzdorning avtomobili sotuvga qo‘yilgan. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

2023 yil 3 avgustda Mirzo-Ulug‘bek tumani fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining qaroriga ko‘ra, erkak o‘zining voyaga yetmagan farzandi hamda farzandining onasiga uch yoshga to‘lguncha aliment to‘lash majburiyatini olgan. Bu aliment miqdori uning oyma-oy daromadining 50 foizini tashkil etadi.

2024 yil dekabr o‘rtalarida aliment to‘lovlari ixtiyoriy ravishda amalga oshirilmagani bois ish Majburiy ijro byurosiga o‘tkazilgan. Erkak aliment to‘lovlarini davom ettirmagani sababli uning Nexia-3 rusumli avtomobili qidiruvga berilgan va topilgach, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Hozirda avtomobil 109,1 million so‘m qiymatida auksionga qo‘yilgan. Avtomobil sotilgach, erkakning aliment bo‘yicha jami 50 million so‘mlik qarzi to‘liq qoplanadi.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar