Bugun
Toshkentda soxta dori ishlab chiqarish sexi fosh qilindi
+32°
ясно ветер 3.1 м/с, Ю

Toshkentda soxta dori ishlab chiqarish sexi fosh qilindi

Jamiyat
0
Toshkentda soxta dori ishlab chiqarish sexi fosh qilindi
Toshkent shahrida noqonuniy ravishda soxta dori vositalari ishlab chiqarilgan yashirin sex faoliyati bo‘yicha yangi ma’lumotlar ma’lum qilindi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar berdi. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi bilan hamkorlikda poytaxtda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatga tegishli bino ichida noqonuniy ravishda soxta dori vositalari tayyorlangan yashirin sex aniqlangan. Mazkur sexda 11 ta dori ishlab chiqarish uskunasi, 21 ta tabletkalar uchun qolip, umumiy og‘irligi 389 kilogramm bo‘lgan kukun va tabletkalar, shuningdek, Raikal markali pnevmatik qurol va boshqa buyumlar musodara qilingan.

Bundan tashqari, xuddi shu korxona binosida joylashgan ikkinchi sexda ham uskunalar, qoliplar, bo‘sh kapsulalar va qadoqlar, ko‘rsatmalar hamda kukun shaklidagi xom ashyo topilib, protsessual tartibda olib qo‘yilgan. Davlat farmatsevtika xavfsizligi markazi ekspertlari xulosasiga ko‘ra, yashirin sexlarda «Ursosan 250 mg», «Neyromidin 20 mg» va «Fanigan» dori vositalari soxtalashtirilgan.

Keyingi tekshiruvlar doirasida «Fanigan» mahsulotining soxtasini buyurtma qilgan va uning 130 kilogramm moddasini yetkazib bergan dorixona ham nazoratga olingan. Ushbu dorixona 15 turdagi jami 1067 qadoq soxta dori vositalari, jumladan «Fanigan», «Azimak» va «Tsiprolet» hamda 14 turdagi 274 qadoq amal qilish muddati o‘tgan dori-darmon bilan aniqlangan.

Noqonuniy ishlab chiqarishni tashkil qilgan uch nafar shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi, 2-qismining «b» va «g» bandlari bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda qalbaki dori ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan yashirin sex aniqlandi
Toshkentda qalbaki dori ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan yashirin sex aniqlandi
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qalbaki dori ishlab chiqarish va savdosi bilan shug‘ullangan yashirin sex faoliyatiga chek qo‘yildi. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan bojxona
Jamiyat 08:57, 6-05-2025
Ukraina Amerika qurollarisiz omon qoladimi?
Ukraina Amerika qurollarisiz omon qoladimi?
Foto: Getty Images AQSHning keng ko‘lamli urushning uch yili davomida Ukrainaga ko‘rsatib kelingan harbiy yordami to‘xtatilishi mumkin. Har holda, Amerika prezidenti Donald Tramp bu variantni
Dunyo 21:55, 2-03-2025
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati
Dunyo 12:33, 28-02-2025
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari
Jamiyat 17:56, 7-03-2025
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
2022 yil 24 fevral kuni ertalab soat 4 larda Rossiya armiyasi Ukraina hududiga hujum boshlagandi. Yurish bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda: janub, sharq va shimoldan olib boriladi. Biroq,
Dunyo 13:41, 28-02-2025