Bugun
Toshkentlik Lacetti egasi avtomobilni yashirdi
+36°
ясно ветер 3.1 м/с, ЮЗ

Toshkentlik Lacetti egasi avtomobilni yashirdi

Jamiyat
0
Toshkentlik Lacetti egasi avtomobilni yashirdi
Toshkentlik fuqaro majburiy ijro byurosini aldash maqsadida o‘zining Lacetti rusumli avtomobilini Namangan viloyatidagi jarima maydonchasiga yashirib qo‘ygan. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Toshkent shahar majburiy ijro byurosining matbuot xizmati tomonidan ushbu avtomobil “qidiruvdagi transport vositasi” deb e’lon qilindi. Mazkur ish Toshkent shahri ikkinchi tumanlararo bo‘limiga Lacetti avtomobil egasiga nisbatan ijro hujjati kelib tushishi bilan boshlandi.

Fuqaroga nisbatan yo‘l harakati qoidalarini 61 marta buzganligi uchun jami 23 million so‘m miqdorida jarima undirilgan edi. Majburiy ijro byurosining ko‘p marotaba ogohlantirish va xabarnomalari natijasiz qarzdor o‘z majburiyatini bajarmadi.

Shundan so‘ng uning avtomobilini qidiruvga berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Surishtiruv jarayonida aniqlanishicha, fuqaro jarimalarni to‘lash o‘rniga avtomobilni boshqa hududga olib ketib, Chust tumanidagi maxsus jarima maydonchasiga qo‘ygan.

U shu tarzda avtomobilning musodara qilinishidan qochishga harakat qilgan. Ammo bu reja amalga oshmadi.

Operativ tadbirlar natijasida Lacetti avtomobilining joylashuvi aniqlanib, egasiga qarzdorlikni to‘liq to‘lash yoki avtomobilni majburiy savdoga chiqarish haqida tanlov qoldirildi. Savdodan tushgan mablag‘lar jarimalarni qoplashga yo‘naltiriladi.

O‘xshash yangiliklar

Bemorning COVID oqibatida yo‘qolgan hid va ta’m bilish qobiliyatini tiklash usuli topildi
Bemorning COVID oqibatida yo‘qolgan hid va ta’m bilish qobiliyatini tiklash usuli topildi
COVID-19 bilan kasallangan ko‘plab odamlar hid va ta’m bilish qobiliyatini yo‘qotgan holda uzoq vaqt davomida muammoga duch kelishgan. Ammo britaniyalik olimlar bu muammoni hal qilish usulini
Dunyo 20:21, 7-03-2025
Citizen Kane filmidagi Rosebud chang‘i 14,75 mln dollarga sotildi
Citizen Kane filmidagi Rosebud chang‘i 14,75 mln dollarga sotildi
Gollivud tarixidagi eng mashhur kino rekvizitlardan biri hisoblangan 1941 yilda suratga olingan “Citizen Kane” filmidagi “Rosebud” chang‘i Heritage Auctions auksionida 14,75 million dollarga
Dunyo 16:35, 17-07-2025
Renault va Total elektromobil zaryadini 2 baravar tezlashtiradi
Renault va Total elektromobil zaryadini 2 baravar tezlashtiradi
Renault va Total Energies kompaniyalari Cell Shield deb nomlangan yangi sovitish texnologiyasini yaratishdi, deb cenyavto.com xabar berdi. Bu tizim akkumulyatorlarni maxsus dielektrik suyuqlikka
Avto 19:30, 2-05-2025
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
2022 yil 24 fevral kuni ertalab soat 4 larda Rossiya armiyasi Ukraina hududiga hujum boshlagandi. Yurish bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda: janub, sharq va shimoldan olib boriladi. Biroq,
Dunyo 13:41, 28-02-2025
Chaleta-Car kelasi mavsum “Real Sosedad”da ijara asosida o‘ynaydi
Chaleta-Car kelasi mavsum “Real Sosedad”da ijara asosida o‘ynaydi
Xorvatiyalik himoyachi Duye Chaleta-Car kelasi mavsumni Ispaniyaning "Real Sosedad" jamoasida o‘tkazadi. Bu haqida Euro-football.ru xabar berdi. Bu haqda Fransiyaning mashhur nashri xabar
Sport 04:13, 30-07-2025