
Poytaxt IIBB matbuot xizmati tomonidan noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullangan guruhning faoliyati to‘xtatildi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan maxsus tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida Toshkent shahrining Yashnobod tumanida xorijdagi tikish kompaniyasi bilan bog‘liq noqonuniy faoliyat yuritgan olti nafar jinoyatchi ushlangan.
Ular kriptovalyutani noqonuniy ravishda almashtirish va uni qonuniylashtirish bilan shug‘ullangan. Ma’lum qilinishicha, jinoyatchilar so‘nggi to‘qqiz oy davomida bu ishni amalga oshirgan.
Shu davr ichida ularning kriptoaktivlar aylanmasi taxminan 180 milliard so‘mni tashkil qilgan. Jinoyatchilardan 38 ta mobil telefon va turli shaxslarga tegishli bo‘lgan 1000 ga yaqin bank plastik kartalari topilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Kriptoaktivlar aylanmasini tartibga solish sohasidagi qonunchilikni buzish” moddasi 3-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyatchilarga 3 dan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanilishi mumkin.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.