
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmatida Chilonzor tumanida kechasi yuz bergan hodisa haqida ma’lumot berildi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.
2024 yil 4 sentyabr kuni soat 01:20 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Chilonzor tumanidagi Chapanata ko‘chasida, 8 va 9 kvartallar orasida avtomobil yonishi haqida xabar kelib tushdi. Hodisa joyiga 4 daqiqa ichida yong‘in o‘chirish xizmatining maxsus texnikasi yetib bordi va darhol yong‘inni o‘chirish ishlari boshlandi.
Favqulodda vaziyatlar xodimlarining tezkor va samarali harakatlari tufayli avtomobil soat 01:29 da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida hech kim jarohat olmagan.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Ushbu holat yuzasidan barcha zarur tekshiruvlar olib borilmoqda.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi aholiga xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni tavsiya etadi.