Bugun
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo hamkorligi kuchaymoqda
+25°
ясно ветер 2.1 м/с, СЗ

Uchtepa do‘konida taqiqlangan dori sotildi

Jamiyat
14
Uchtepa do‘konida taqiqlangan dori sotildi
Toshkent shahrining Uchtepa tumanida joylashgan do‘konda taqiqlangan moddalar tarkibidagi dori-darmonlarni sotgan shaxs ushlanganligi haqida Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar bermoqda. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Ushbu holat bo‘yicha Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi xodimlari va ichki ishlar organlari vakillari hamkorlikda maxsus tezkor tadbir o‘tkazdi. Tadbir davomida do‘konda taqiqlangan moddalarga ega bo‘lgan dori vositalari saqlanayotganligi aniqlandi.

Umumiy hisobda 2835 dona vazn kamaytirishga mo‘ljallangan preparatlar topilib, ularda kuchli ta’sir qiluvchi, O‘zbekiston hududida erkin muomalasi taqiqlangan moddalar mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Aniqlangan barcha mahsulotlar dalil sifatida rasmiy ravishda musodara qilindi.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Kuchli ta’sir qiluvchi, narkotik bo‘lmagan, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarga oid mahsulotlarni ishlab chiqarish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarning noqonuniy aylanmasi” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar