
Toshkent shahar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘g‘rilik jinoyatiga aloqador shaxslar ushlangan. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.
Yangihayot tumani hududida yashovchi bir fuqaradan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat kelib tushdi. Unga noma’lum ikki kishi hujum qilib, sumkasini tortib olib, yuziga zarba berishgan.
Natijada ayol yiqilib, yordam chaqirgan, ammo jinoyatchilar voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan. O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida gumonlanuvchilar qisqa muddat ichida qo‘lga olindi.
Ularning harakatlari ko‘cha kuzatuv kameralarida va avtomobil videoregistratorida yozib qoldirilgan. Ushlanganlardan birining so‘zlariga ko‘ra, sumkada 300 ming so‘m va simsiz quloqchinlar bo‘lgan.
Jinoyatchi pulga muhtoj bo‘lib, yo‘lida uchragan birinchi odamga hujum qilganini aytgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi, 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jinoyatchilarga 3 dan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin. Ular uchun qamoqda saqlash ehtiyot chorasi tanlandi.