Bugun
Dembele atrofida soxta "Oltin to‘p" kampaniyasi tarqaldi
+24°
переменная облачность ветер 3.1 м/с, СЗ

Andijonda 12 nafar huquqbuzarga jarima va qamoq jazosi berildi

Jamiyat
7
Andijonda 12 nafar huquqbuzarga jarima va qamoq jazosi berildi
Andijon viloyati IIB matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, 12 nafar huquqbuzarga nisbatan choralar ko‘rilgan. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Joriy yilning 7 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro va uning 11 tanishi tomonidan yo‘llarda turli avariyaviy vaziyatlar yaratgan videorolik tarqaldi. Ushbu shaxslar jamiyatda odob-axloq qoidalarini buzib, kichik bezorilik harakatlarini amalga oshirgan.

Ularning maqsadi “Damas” avtomobillari haydovchilari haqida hazilomuz mazmunda video tayyorlash bo‘lgan, unda ular bir guruh bo‘lib odamni urib yuborishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Mazkur holat bo‘yicha har bir haydovchiga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik kodeksining “Transport vositalari haydovchilari tomonidan to‘siq yoki avariyaviy vaziyat yaratish, yo‘lning qarama-qarshi harakatga mo‘ljallangan qismiga chiqish” moddasi bo‘yicha ma’muriy protokol tuzildi.

Har biriga 3 750 000 so‘m miqdorida jarima solinadi. Shuningdek, Andijon shahar jinoyat sudi tomonidan ushbu ish “Kichik bezorilik” moddasi bo‘yicha ko‘rib chiqilib, har bir huquqbuzarga 7 kun ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Barcha huquqbuzarlarga tegishli avtomobillar jarima maydonchasiga joylashtirildi.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Oʻzbekistondagi avtomobillar narxida qanday oʻzgarishlar boʻlmoqda?
Oʻzbekistondagi avtomobillar narxida qanday oʻzgarishlar boʻlmoqda?
Ikkilamchi avtomobil bozorida mahalliy avtomobillar hamda elekromobillar narxida pasayish tendentsiyasi 2025 yilning yanvar oyida ham davom etdi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
Avto 20:23, 12-02-2025
Ikkilamchi bozorda Onix, Lacetti, Cobalt, Nexia, Spark va Damas narxi arzonlashdi
Ikkilamchi bozorda Onix, Lacetti, Cobalt, Nexia, Spark va Damas narxi arzonlashdi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2025 yilning fevral oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxlarining o‘zgarishi tahlil qilindi. Mahalliy ommabop
Avto 14:43, 18-03-2025
O'zbekistonda avtomobillar arzonlashishi davom etmoqda
O'zbekistonda avtomobillar arzonlashishi davom etmoqda
2025 yil mart oyida O'zbekistonda ikkinchi qo'l avtomobillar bozorida narxlar pasaygan, deb NOVA24 xabar berdi. IMRI tahlillariga ko‘ra, mahalliy ishlab chiqarilgan hamda lyuks toifasidagi
Avto 20:16, 22-04-2025
Haydovchilar, ehtiyot bo‘ling: 1 iyuldan jarimalar keskin oshadi!
Haydovchilar, ehtiyot bo‘ling: 1 iyuldan jarimalar keskin oshadi!
2025 yilning 1 iyulidan boshlab, O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar sezilarli darajada oshiriladi. Bu o‘zgarish yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, shuningdek,
Avto 21:10, 3-06-2025
O‘zbekistonda yer uchastkalari bo‘yicha yangi qonun qabul qilindi
O‘zbekistonda yer uchastkalari bo‘yicha yangi qonun qabul qilindi
2025-yil 5-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan yangi qonun O‘zbekistonda yer uchastkalaridan foydalanish tartibini yaxshilash va nazoratni kuchaytirishga qaratilgan, deb
Oʻzbekiston 18:49, 7-05-2025