Bugun
Talabalarga ijara to‘lovini qoplash imkoniyati yaratildi
+16°
дымка ветер 2.1 м/с, СЗ

Yunusobodda ishlab chiqarish sexida yong‘in chiqdi

Jamiyat
20
Yunusobodda ishlab chiqarish sexida yong‘in chiqdi
Toshkent shahar Favqulodda Vaziyatlar boshqarmasining matbuot xizmatidan ma’lum qilinishicha, Yunusobod tumanida joylashgan ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

14 iyul kuni soat taxminan 07:40 da Toshkent shahar Favqulodda Vaziyatlar boshqarmasiga Yunusobod tumani, Ahmad Donish ko‘chasidagi ishlab chiqarish sexida yong‘in haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yetib borish uchun 5 daqiqa ichida olti ta yong‘in-qutqaruv brigadasi yuborilgan va ular darhol yong‘in bilan kurashishni boshlagan.

Soat 08:14 da yong‘in mahalliylashtirilib, 08:51 da to‘liq o‘chirilgan. Voqea joyiga tuman yong‘in bo‘linmasi rahbariyati va shahar Favqulodda Vaziyatlar boshqarmasi vakillari kelib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yong‘in natijasida hech kim jabrlanmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Hodisa yuzasidan barcha zaruriy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar