Bugun
Ekrem Imomog‘lu korrupsiya ayblovi bilan qamoqda
+30°
ясно ветер 2.1 м/с, СВ

O‘zbekiston oliy ta’lim imtihonlari boshlandi

Jamiyat
18
O‘zbekiston oliy ta’lim imtihonlari boshlandi
O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Ushbu imtihonlar minglab abituriyentlarning kelajagini belgilaydi. Imtihonlar 10 kun davomida ikki smenada o‘tkaziladi.

Ota-onalar va jamoatchilik test jarayonlarini test2025.uz sayti orqali onlayn kuzatishi mumkin. Abituriyentlar shuningdek, shaxsiy kabinetlari orqali imtihon vaqti, manzili haqida ma’lumot olib, imtihonga kirish ruxsatnomasini olishlari mumkin.

Bugun, 14 iyul kuni, ertalab soat 06:30 dan 08:00 gacha minglab abituriyentlar maxsus tayyorlangan auditoriyalarga kelishdi. Imtihon jarayonining halolligi va oshkoraligini ta’minlash maqsadida qat’iy tekshiruvdan so‘ng har bir ishtirokchi o‘z o‘rnini egalladi.

Soat 08:00 da oldindan belgilangan fanlar bo‘yicha test topshiriqlari boshlandi. Savollar maxfiy qog‘ozlarda chop etilgan bo‘lib, imtihon boshlanishidan avval abituriyentlar ishtirokida ochildi.

Imtihonlar 65 ta katta sig‘imli yopiq binolarda o‘tkazilmoqda. Butun jarayon videokuzatuv kameralar va mustaqil kuzatuvchilar nazorati ostida bo‘ladi.

Har bir smenada 35 070 nafar abituriyent 1 169 guruhga taqsimlangan holda ishtirok etadi. Bir kunda jami 70 140 nafar abituriyent imtihon topshiradi.

Ma’lumot uchun, joriy yilda 671 397 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. Ulardan 426 685 nafari yoki 63,6 foizi ayni yil bitiruvchilari hisoblanadi.

Ro‘yxatga olinganlarning 361 019 nafari qizlar (53,8%), 310 378 nafari o‘g‘il bolalar (46,2%)dir. Eng ko‘p ishtirokchilar quyidagi hududlarda ro‘yxatdan o‘tgan: Toshkent shahri — 115 989 nafar, Samarqand viloyati — 72 305, Farg‘ona viloyati — 66 383, Qashqadaryo viloyati — 62 484, Andijon viloyati — 56 025 nafar.

Imtihonlar 23 iyulgacha davom etadi.

O‘xshash yangiliklar

“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi o‘z ijtimoiy sahifasida, jamoa muxlislarining qalbini tezda zabt etgan yosh futbolchi Abduqodir Husanov haqida ilgari hech qayerda chop etilmagan ma’lumotlar, oilaviy
Sport 22:33, 14-03-2025
2025 yilgi oliy ta’lim testlari 14-23 iyulda o‘tkaziladi
2025 yilgi oliy ta’lim testlari 14-23 iyulda o‘tkaziladi
2025/2026 o‘quv yili uchun mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari qachon va qanday o‘tishi haqida rasmiy ma’lumot berildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Bilim va
Oʻzbekiston 16:00, 8-07-2025
Abituriyentlar uchun muhim yangiliklar: imtihon sanasi, ballar, IELTS, sirtqi ta’lim haqida to‘liq ma’lumot
Abituriyentlar uchun muhim yangiliklar: imtihon sanasi, ballar, IELTS, sirtqi ta’lim haqida to‘liq ma’lumot
O‘zbekistonda OTMlarga qabul jarayoni tobora takomillashib, har yili yangi yondashuvlar asosida amalga oshirilmoqda. 2025 yil ham bundan mustasno emas. Abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun
Oʻzbekiston 13:06, 25-06-2025
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari
Jamiyat 17:56, 7-03-2025
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati
Dunyo 12:33, 28-02-2025