{ld_json} [lang=ru,en][/lang]
[lang_uz]Bugun[/lang_uz][lang_ru]Сегодня[/lang_ru][lang_en]Today[/lang_en]
Vyetnamda 16 yoshgacha bo'lganlarga ijtimoiy tarmoqlarda faollik taqiqlanadi
File engine/modules/json_openweathermap_pogoda_one_day.php not found.
{multilanguage mode="link" template="multilanguage" order="code" sort="asc" actualshow="no"}

Xonobod hokimi o‘rinbosari pora bilan ushlangan

Jamiyat
25
Xonobod hokimi o‘rinbosari pora bilan ushlangan
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Andijon viloyatida maxsus tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Tadbir davomida Xonobod shahar hokimi o‘rinbosari hamda uning jinoyat sherigi — spirtli ichimliklar do‘koni rahbari ushlab olindi. Ular 20 ming AQSh dollarini qabul qilayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Ushbu pul maxsus kimyoviy modda bilan oldindan tayyorlangan edi. Aniqlanishicha, ushbu mablag‘ evaziga ular tadbirkorga 4 gektar yer maydonini sotish bo‘yicha auksionda g‘alaba qozonishda yordam berishni va’da qilgan.

Mazkur yer maydonida tadbirkor matras, g‘ovakli karton va bolalar tagliklari ishlab chiqarishni tashkil etishi rejalashtirilgan edi. Hozirda ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]