Bugun
Aysanem Yusupova: San’at, hayot va turmush haqida.
+15°
ясно ветер 1 м/с, С

Toshkentda transformator podstantsiyasida yong‘in yuz berdi

Jamiyat
27
Toshkentda transformator podstantsiyasida yong‘in yuz berdi
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati tomonidan ma'lumot berildi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

17 iyul kuni soat 01:30 atrofida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga transformator podstantsiyasida yong‘in yuzaga kelgani haqida xabar kelib tushdi. Hodisa poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani, Avayxon ko‘chasida sodir bo‘ldi.

6 daqiqa ichida Favqulodda vaziyatlar xodimlari voqea joyiga yetib borib, yong‘in bilan kurashishni boshladi. O‘t o‘chirish ishlari samarali olib borilgani sababli yong‘in soat 02:06da to‘liq bartaraf etildi.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda. Jabrlanganlar yo‘q.

O‘xshash yangiliklar