Bugun
Bugun O‘zbekistonda iliq va qulay ob-havo bo‘ladi
+8°
ясно ветер 2.1 м/с, СВ

Qashqadaryoda fermer energiya o‘g‘irlagani aniqlandi

Jamiyat
11
Qashqadaryoda fermer energiya o‘g‘irlagani aniqlandi
Energiya o‘g‘irligi holati tasdiqlandi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Hududiy elektr tarmoqlari aksiyadorlik jamiyati “Energosavdo” filiali xodimlari tomonidan noqonuniy elektr energiyasi iste’mol qilish holatlarini aniqlash bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Tekshiruv davomida Qashqadaryo viloyatining Kasbiy tumanida joylashgan fermer xo‘jaligi tomonidan elektr energiyasi noqonuniy ravishda ishlatilgani aniqlangan.

Ushbu fermer xo‘jaligi egasi elektr tarmoqlariga ulanishda nosoz uskuna ishlatgan va energiya ta’minoti tashkiloti bilan shartnoma tuzmagan. Dastlabki bahoga ko‘ra, yetkazilgan zarar miqdori 2 milliard 917 million 80 ming so‘mni tashkil etadi.

To‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar