Bugun
Fenerbaxche Chalxanogluni sotib olishga harakat qilmoqda
+35°
ясно ветер 2.1 м/с, З

Italiyadan O‘zbekistonga sayyohlar soni oshdi

Jamiyat
3
Italiyadan O‘zbekistonga sayyohlar soni oshdi
2025 yilning yanvaridan mayigacha bo‘lgan davrda Italiyadan O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni sezilarli darajada oshib, 17,4 ming kishini tashkil etdi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Bu ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,1 ming kishi yoki 13,5 foizga ko‘payganligini bildiradi.

Sayyohlarning asosiy maqsadi mamlakatimizning boy madaniy merosi va betakror diqqatga sazovor joylarini o‘rganishdir. 2025 yilning birinchi besh oyida Italiyadan kelgan fuqarolarning sayohat maqsadlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha: sayohat qilish uchun 16 410 kishi, qarindosh-urug‘larni ziyorat qilish uchun 530 kishi, xizmat safarida 400 kishi, ta’lim olish uchun esa 43 kishi O‘zbekistonga kirib kelgan.

Ushbu o‘sish mamlakatimizning turizm salohiyatining rivojlanayotganidan darak beradi.

O‘xshash yangiliklar

Yangi O‘zbekiston bog‘ida Navro‘z bayrami tantanasi qanday o‘tdi?
Yangi O‘zbekiston bog‘ida Navro‘z bayrami tantanasi qanday o‘tdi?
Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 21 mart kuni Navro‘z tantanasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, xalqimizni bayram bilan muborakbod
Oʻzbekiston 20:47, 21-03-2025
Namanganda birinchi xalqaro avtofestival boshlandi (foto)
Namanganda birinchi xalqaro avtofestival boshlandi (foto)
Namanganda birinchi xalqaro avtofestival boshlandi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar bermoqda. Tadbir Namangan xalqaro aeroportidan shahar markaziga yoʻl olgan avtoparad bilan start oldi. Foto: Oqilxon
Avto 14:53, 23-02-2025
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi o‘z ijtimoiy sahifasida, jamoa muxlislarining qalbini tezda zabt etgan yosh futbolchi Abduqodir Husanov haqida ilgari hech qayerda chop etilmagan ma’lumotlar, oilaviy
Sport 22:33, 14-03-2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali ravishda kutib olindi (foto)
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali ravishda kutib olindi (foto)
Foto: Bosh vazir matbuot kotibi Bugun, 21 aprel kuni Toshkent xalqaro aeroportining uchinchi terminalida Saudiya Arabistonida futbol bo‘yicha o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogida g‘oliblikni
Sport 23:55, 21-04-2025
Murodjon Ahmadaliyev Meksikada raqibini ringda "yakson" qilib tashladi! (video)
Murodjon Ahmadaliyev Meksikada raqibini ringda "yakson" qilib tashladi! (video)
Meksikaning Gvadalaxara shahrida professional boks bo‘yicha ajoyib va shiddatli jang kechdi. O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz, jahonga mashhur professional bokschi Murodjon
Sport 12:24, 31-05-2025