Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+17°
ясно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

“Hind Rajabning ovozi” filmi G‘azodagi fojiani ko‘rsatdi

Madaniyat
138
“Hind Rajabning ovozi” filmi G‘azodagi fojiani ko‘rsatdi
Venetsiya xalqaro kinofestivalida taqdim etilgan “Hind Rajabning ovozi” filmi tomoshabinlarda kuchli taassurot qoldirdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Film besh yoshli falastinlik qizaloq Hind Rajabning fojiali taqdiri haqida hikoya qiladi. Drama premerasi 23 daqiqadan oshiq davom etib, tomoshabinlar tomonidan iliq qabul qilindi va ko‘pchilik ko‘z yoshlarini to‘xtata olmadi.

Bu haqda The Jerusalem Post nashri xabar berdi. Filmda o‘tgan yil G‘azoda yuz bergan voqea tasvirlangan.

Isroillik harbiylar tomonidan o‘ldirilgan qarindoshlari bilan birga bo‘lgan mashinada yolg‘iz qolgan Hind Rajab soatlab qo‘rquv va umidsizlik ichida qoladi. U Qizil Yarim Oy xodimlariga telefon orqali yordam so‘raydi va “Iltimos, oldimga kelinglar, men juda qo‘rqyapman” deb yig‘lardi.

Shu paytda atrofda o‘q ovozlari yangraydi. Film haqiqiy audioyozuvlar va guvohlarning ko‘rsatmalariga asoslangan.

Tez yordamga yo‘l ochilishi uch soatga cho‘zilgan, ammo yordam mashinasi yetib kelganida qizaloq bilan aloqa uzilgan. Bir necha kundan so‘ng uning jasadi qarindoshlari bilan birga topilgan.

Tez yordam mashinasida bo‘lgan ikki xodim ham halok bo‘lgan. Film muallifi Kauter Ben Xoniya jurnalistlarga shunday dedi: “Dunyo ommaviy axborot vositalari ko‘pincha G‘azoda halok bo‘lganlarni tasodifiy qurbonlar sifatida ko‘rsatadi.

Bu insoniylikdan yiroq yondashuvdir. San’at va kino esa ularga ovoz berish, yuz berayotgan voqealarni ko‘rsatish uchun muhim vositadir.” Hind Rajabning onasi Vissam Hamada film urushni to‘xtatishga xizmat qilishi umidida ekanini bildirdi.

“Butun dunyo bizga qarab turdi, biz esa o‘lim, ochlik va qo‘rquv ichida qoldik. Hech kim yordam qo‘lini cho‘zmadi,” dedi u.

Shuningdek, Forensic Architecture va Earshot kabi nodavlat tashkilotlar hamda BMT hodisani o‘rganib, qizaloq o‘tirgan mashina Isroil harbiylariga tegishli quroldan yaqin masofadan o‘qqa tutilganini tasdiqladi. Isroil armiyasi esa aybni tan olmaydi va rasmiy izoh bermayapti.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, film nafaqat falastinlik qizaloqning ovozini butun dunyoga yetkazdi, balki G‘azodagi vaziyatlarni xalqaro hamjamiyat e’tiboriga yana bir bor olib keldi.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026