Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
+20°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Hande Erchel va Hakan Sabanji o‘z munosabatlari haqida gapirib berishdi

Madaniyat
188

Hande Erchel va Hakan Sabanji o‘z munosabatlari haqida gapirib berishdi
Mashhur turk aktrisasi Hande Erchel va tadbirkor Hakan Sabanji o‘rtasidagi munosabatlarga doir so‘nggi paytlarda ko‘plab mish-mishlar tarqalmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ayniqsa, juftlikning ajrashgani haqidagi xabarlar muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Gel Konuşalım dasturida ilk bor gapirgan Hakan Sabanji esa ularning munosabatlariga oid da’volarga o‘z munosabatini bildirdi.

U shaxsiy hayoti haqida keng gapirishni istamagan bo‘lsa-da, ayrim gap-so‘zlarga aniqlik kiritdi. Hakan Sabanji ajralish masalasini muhokama qilishni istamasligini, chunki bu ularning shaxsiy hayotiga taalluqli ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, u xiyonat haqidagi mish-mishlar mutlaqo asossizligini bildirdi. Oldinroq Hande Erchel ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasidan Sabanji bilan tushgan barcha suratlarini o‘chirib tashlagan edi.

Bu esa turk matbuotida ularning ajralgani haqidagi xabarlarga asos bo‘ldi. Mashhur jurnalist Birsen Altuntash juftlik orasida jiddiy kelishmovchilik borligini ta’kidlagan, ammo rasmiy ajrim hali sodir bo‘lmaganini ma’lum qilgan.

Shunga qaramay, Hande va Hakan hanuz bir-birlariga ijtimoiy tarmoqlarda obuna bo‘lib qolishgan. Muxlislarning bir qismi ularning munosabatlari qayta tiklanishiga umid bildirsa, boshqalar esa bu jarayon shunchaki ommaviy axborot vositalari uchun reklama bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026