Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
+19°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Kolin Farrell: Tug‘ilgan kun ortidan 46 dubl!

Madaniyat
60
Kolin Farrell: Tug‘ilgan kun ortidan 46 dubl!
Kolin Farrell aktyorlik faoliyatidagi eng noqulay voqealardan birini "Maxsus fikr" filmi suratga olish jarayonida boshidan kechirganini tan oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda u The Late Show dasturida so‘zlab berdi. Mazkur ilmiy-fantastik triller, taniqli rejissyor Stiven Spilberg tomonidan Filipp Kindred Dikning shu nomli hikoyasi asosida suratga olingan.

Kolinning aytishicha, bir kuni u tug‘ilgan kunini nishonlaganidan so‘ng, suratga olish maydonchasiga yaxshi holatda kelmagan. Shu sababli oddiy bir sahnani suratga olish uchun 46 marta dublga to‘g‘ri kelgan.

"Bu mening hayotimdagi eng yomon suratga olish kuni edi. Tug‘ilgan kunim 31 may edi.

Men film prodyuserlaridan ertasi kuni ishlamaslikka ruxsat so‘ragandim, ammo ish jadvali bunga yo‘l qo‘ymadi. Ertalab soat 6 da suratga olishga kelishim kerak edi," – deydi Farrell.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tug‘ilgan kun kechasi rejalashtirilganidan ancha og‘irroq o‘tgan. Tongda haydovchisining qo‘ng‘irog‘i bilan uyg‘ongan aktyor o‘zini yaxshi his qilmagan.

Suratga olish maydonchasida esa rejissyor yordamchisi Devid Vengxaus Kolinning holatini darhol payqagan. U Kolinga bunday holatda ishlay olmasligini aytgan, ammo aktyor vaziyatni o‘zgartirish uchun yordam so‘ragan.

Kolin Farrell o‘sha kuni o‘z replikalarini aytishda qiynalganini tan oldi. "Men oddiy bir gapni ayta olmasdim: "Siz jinoyatdan oldingi metodologiyaning asosiy paradoksini tushundingiz." Bu juda qiyin bo‘ldi," – deydi u.

Suratga olish jamoasi unga yordam berishga harakat qilgan, ammo vaziyat o‘zgarmagan. Natijada, birgina epizod uchun 46 marta dubl olingan.

Farrellning so‘zlariga ko‘ra, bu voqea uning faoliyatidagi eng noqulay holatlardan biri bo‘lgan. U butun suratga olish jamoasidan kechirim so‘ragan va bu tajriba unga katta saboq bo‘lganini aytib o‘tgan.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026