ENRU

Kendall Jenner bolaligida Kayliga hasad qilganini tan oldi

Madaniyat
58
Kendall Jenner bolaligida Kayliga hasad qilganini tan oldi
Kendall Jenner bolaligida singlisi Kayli Jennerga hasad qilganini ochiq tan oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kayli erkin xarakterga ega bo‘lgani uchun unga havas qilgan. Bu haqda E!

Online xabar berdi. Supermodel bolaligida Kaylini ota-onasidan rashk qilganini ham aytib o‘tdi.

Unga ko‘ra, ota-onasi Kayliga nisbatan ancha yumshoqroq munosabatda bo‘lgan. Kendall o‘sha davrni eslar ekan, Kayli "Kardashyanlar oilasi" serialining suratga olinishi davomida ota-onasining uyida do‘stlari bilan tez-tez yig‘ilib, turli nomaqbul ishlarga qo‘l urganini tan oldi.

Bu holat Kendallni juda g‘azablantirgan. U singlisiga: "Sen noto‘g‘ri yo‘ldasan!" deb aytganini esladi.

Kendall o‘zining hasadini quyidagicha izohladi: "Men Kayliga hasad qilardim, chunki o‘sha paytda o‘zimda bunday ruhiy erkinlik yo‘q edi." Biroq u vaqt o‘tib, buni tushunib yetgan va vaziyatni o‘nglashga harakat qilgan. Keyinchalik u singlisi bilan yaxshi munosabatda bo‘lib, vaqtini mazmunli o‘tkazganini aytdi.

Kendallning so‘zlariga ko‘ra, ular o‘smirlik davrida, atigi 16 va 14 yoshlarida, orqa hovlidagi shiyponga yashirincha chiqib, o‘zlariga xos "sarguzashtlar"ni boshdan kechirgan.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
MadaniyatKecha, 15:42
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026