ENRU

Brendan Freyzer va Reychel Vays “Mumiya”ga qaytishi mumkin

Madaniyat
32
Brendan Freyzer va Reychel Vays “Mumiya”ga qaytishi mumkin
Universal Pictures studiyasi Brendan Freyzer va Reychel Vaysni yangi “Mumiya” filmi uchun qaytarish masalasini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi Deadline nashri. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Hozircha filmning syujeti haqida ma’lumot berilmagan. Loyiha rejissorlari sifatida Mett Bettinelli-Olpin va Tayler Gillet tanlangan, ssenariy ustida esa Devid Koggeshall ishlamoqda.

Brendan Freyzer va Reychel Vays avvalroq franshizaning ikki mashhur filmida birgalikda suratga tushgan: “Mumiya” (1999) va “Mumiyaning qaytishi” (2001). Ushbu filmlarda Freyzer Rik O’Konnel – sarguzashtlarga boy hayot kechiruvchi sobiq askar rolini ijro etgan bo‘lsa, Reychel Vays Evelin Karnaxan – ingliz arxeologi va misrshunosi obrazida namoyon bo‘lgan edi.

“Mumiya” franshizasi davomida bir nechta qo‘shimcha filmlar, jumladan, “Chayon qiroli” va “Mumiya: Ajoyib hukmdor qabri” kabi asarlar suratga olingan. Shuningdek, Universal studiyasi tomonidan ushbu mavzuda bir qator attraksionlar ham yaratilgan.

Filmning yangi qismi muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kutilyapti.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
MadaniyatKecha, 15:42
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026