ENRU

Qang‘qada V–VIII asrlarga oid ibodatxona topildi

Madaniyat
25
Qang‘qada V–VIII asrlarga oid ibodatxona topildi
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan Qang‘qa shaharchasida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar davomida V–VIII asrlarga oid deb taxmin qilinayotgan ibodatxona majmuasi qoldiqlari va metall zirh qoldiqlari topildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu ma’lumotni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti taqdim etdi. Mazkur tadqiqotlar Qang‘qa shaharchasini “ochiq osmon ostidagi muzey” sifatida tashkil etish maqsadida davlat dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

500 gektar maydonni egallagan ushbu arxeologik yodgorlik qadimgi Qang‘ davlati va Toshkent vohasining ilk poytaxti hisoblanadi. Ba’zi tadqiqotchilar Qang‘qani “Avesto” matnlarida tilga olingan Qang‘diz va “Shohnoma” dostonidagi afsonaviy Qang‘diz bilan bog‘lashadi.

Topilmalar “Harbiy tarix markazi” va “Qadimgi dunyo tarixi” bo‘limi tomonidan shaharcha tsitadelining quyi madaniy qatlamlarida olib borilgan tadqiqotlar davomida aniqlangan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, topilgan zirh qoldiqlari diniy marosimlar uchun atalgan qurbonlik bo‘lishi mumkin.

Qadimda zargarlar tomonidan yaratilgan qimmatbaho buyumlar ibodatxonalarga hadya qilinishi odat bo‘lgan. Masalan, Boykent ibodatxonasida olib borilgan qazishmalarda ham shunga o‘xshash topilmalar aniqlangan.

Mutaxassislarning fikricha, bu kashfiyot Markaziy Osiyoda ilk o‘rta asrlarda yashagan turkiy xalqlarning harbiy madaniyati va diniy an’analarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qang‘qa shaharchasi avvalgi tadqiqotlar davomida ham qimmatli ma’lumotlar bergan.

Masalan, 2021-yilda ibodatxona majmuasining kirish qismida ot jabduqlariga oid buyumlar topilgan edi. Yangi kashfiyotlar ushbu hududda harbiy hunarmandchilikning yuqori darajada rivojlanganini va diniy marosimlarning murakkab ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
MadaniyatKecha, 15:42
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026