Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
+12°
ясно ветер 1 м/с, В
ENRU

Lazgi — xalqimizning erkinlik va quvonch ramzi

Madaniyat
48
Lazgi — xalqimizning erkinlik va quvonch ramzi
Lazgi — Xorazm zaminida shakllangan, bugungi kunda esa butun O‘zbekistonning madaniy merosiga aylangan milliy raqs sanaladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu raqs insonga quvonch, ruhiy yuksalish va erkinlik tuyg‘usini bag‘ishlaydi. Olimlarning fikriga ko‘ra, Lazgining ildizlari qadimiy davrlarga borib taqaladi va u Zarafshon hamda Amudaryo oralig‘idagi boy madaniyat bilan uzviy bog‘liqdir.

Rivoyatlarga ko‘ra, Lazgi dastlab tabiat bilan uyg‘un yashagan dehqon va chorvadorlarning quvonch harakatlaridan kelib chiqqan. Ular yomg‘ir yog‘ganda yoki hosil mo‘l bo‘lganda sevincdan qo‘l va yelka harakatlari orqali minnatdorlik izhor qilishgan.

Bu harakatlar vaqt o‘tishi bilan tartibli ritm va qadamlar tizimiga aylanib, Lazgi raqsining asosini tashkil etgan. Lazgi raqsining eng muhim xususiyatlaridan biri bu erkin harakat va ruhiy ozodlik ifodasidir.

Raqqos qo‘llarini qush qanotiday yoyib, yelka va bosh harakatlari orqali o‘z hissiyotlarini namoyon qiladi. Bu raqs faqat badanning harakati emas, balki qalbning ham ichki tuyg‘ularini aks ettiradi.

Xorazm Lazgisi o‘zining jo‘shqinligi, tez sur’atlari va jonli musiqasi bilan ajralib turadi. Uning jozibasi nafaqat o‘zbek xalqini, balki xalqaro miqyosdagi tomoshabinlarni ham hayratda qoldiradi.

2019 yilda YUNЕSKO tomonidan Lazgi insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga rasman kiritildi. Bugungi kunda Lazgi nafaqat Xorazmning, balki butun O‘zbekistonning faxri hisoblanadi.

U milliy g‘urur, shodlik va erkinlik timsoli bo‘lib, xalqimizning boy madaniyati va an’analarini dunyoga tanitishda muhim o‘rin tutadi.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026