ENRU

“Billni o‘ldirish” kengaytirilgan versiyasi taqdim etildi

Madaniyat
27
“Billni o‘ldirish” kengaytirilgan versiyasi taqdim etildi
Lionsgate kompaniyasi Kventin Tarantinoning “Billni o‘ldirish: Butun qonli tarix” filmining kengaytirilgan rejissyorlik versiyasi uchun yangi treyler taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Dastlab, “Billni o‘ldirish” bitta loyiha sifatida yaratilgan va to‘liq metrajli film shaklida suratga olingan. Biroq montaj jarayonida film ikki qismga bo‘lingan.

Ular 2003 yil oktyabr va 2004 yil aprel oylarida tomoshabinlarga taqdim etilgan. Kengaytirilgan versiyada birinchi qismning oxiri va ikkinchi qismning boshlanishi olib tashlanib, ilgari namoyish qilinmagan 7,5 daqiqalik animatsion ketma-ketlik qo‘shilgan.

Rejissyor Kventin Tarantino bu haqda shunday dedi: “Men filmni bitta loyiha sifatida yozganman va suratga olganman. Endi esa muxlislarga uni asl ko‘rinishda tomosha qilish imkoniyatini berayotganimdan juda xursandman.” Tarantino filmni katta ekranda, 70 yoki 35 millimetrli plyonka formatida tomosha qilishni eng yaxshi tajriba deb atadi.

U tomoshabinlarni katta ekranda filmning barcha detallaridan bahramand bo‘lishga chorlab, qiziqish uyg‘otdi. “Billni o‘ldirish: Butun qonli tarix” filmining premerasi AQShda 5 dekabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Venetsiyada G‘azo haqidagi film rekord darajada uzoq olqishlandi
Venetsiyada G‘azo haqidagi film rekord darajada uzoq olqishlandi
Isroillik rejissyorlar Yuval Abraxam va Reychel Szor tomonidan suratga olingan NAZA hujjatli filmi Venetsiya xalqaro kinofestivalida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.
MadaniyatBugun, 01:44
BTS a'zosi Jungkuk bolalar shifoxonasiga bir milliard von xayriya qildi
BTS a'zosi Jungkuk bolalar shifoxonasiga bir milliard von xayriya qildi
Mashhur Janubiy Koreyalik xonanda, BTS guruhi a’zosi Jungkuk Seul milliy universiteti qoshidagi bolalar shifoxonasiga bir milliard von, ya’ni qariyb 750 ming AQSH dollari miqdorida xayriya mablag‘i
MadaniyatKecha, 23:54
Mashhur komik aktyor Rovan Atkinson bugun yetmish bir yoshga to'ldi
Mashhur komik aktyor Rovan Atkinson bugun yetmish bir yoshga to'ldi
Bugun jahon kinosining eng yorqin namoyandalaridan biri, iste’dodli aktyor Rovan Atkinson o‘zining 71 yoshini nishonlamoqda. Millionlab insonlarga quvonch ulashgan va
MadaniyatKecha, 23:31
O'zbekiston hunarmandlari Nyu-Dehlidagi xalqaro ko'rgazmada o'z mahsulotlarini namoyish etmoqda
O'zbekiston hunarmandlari Nyu-Dehlidagi xalqaro ko'rgazmada o'z mahsulotlarini namoyish etmoqda
Hindiston poytaxti Nyu-Dehli shahridagi Milliy hunarmandchilik muzeyida BRIKS sammiti doirasida tashkil etilgan Xalqaro madaniyatlar va hunarmandchilik ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Bu haqda
MadaniyatKecha, 00:14
Zvyaginsevning Minotavr filmi Fransiya nomidan Oskar mukofotiga yuborildi
Zvyaginsevning Minotavr filmi Fransiya nomidan Oskar mukofotiga yuborildi
Rossiyalik taniqli rejissyor Andrey Zvyaginsev tomonidan suratga olingan Minotavr badiiy filmi Fransiya nomidan nufuzli Oskar mukofotining eng yaxshi xalqaro to‘liq metrajli film yo‘nalishi bo‘yicha
Madaniyat00:01, 12-09-2026
Alisher Uzoqov rejissyorligidagi Chempion filmi premerasi yaqinlashmoqda
Alisher Uzoqov rejissyorligidagi Chempion filmi premerasi yaqinlashmoqda
O‘zbekiston kino sanoatida navbatdagi qiziqarli loyiha taqdimoti kutilmoqda. Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tomonidan suratga olingan Chempion badiiy
Madaniyat23:35, 11-09-2026