Bugun
«Neftchi» «Paxtakor»ni mag'lub etib oldindan uzoqladi
+15°
ясно ветер 3 м/с, С
ENRU

“Janob hech kim” filmi qahramonlari: bugungi hayot

Madaniyat
55
“Janob hech kim” filmi qahramonlari: bugungi hayot
O‘zbek kinosida alohida o‘rin egallagan “Janob hech kim” filmi 2008-yilda rejissyor Mirmaqsud Oxunov tomonidan suratga olingan edi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Komedik drama janrida ishlangan ushbu film o‘z davrida katta muvaffaqiyatga erishib, o‘zbek tomoshabinlari orasida mashhurlikka erishdi. Filmning yaratilganiga 17 yil o‘tgan bo‘lsa-da, undagi qahramonlar va aktyorlarning bugungi hayoti ko‘pchilikni qiziqtirmoqda.

Film syujetida bosh qahramon Alisherning yetimlikda ulg‘aygani va tog‘asining oilasida xizmatkor darajasiga tushib qolgani tasvirlanadi. U o‘z taqdirini o‘zgartiruvchi muhim uchrashuv orqali hayotini yangi yo‘nalishga buradi.

Bosh rol ijrochisi Alisher Uzoqov o‘sha davrda o‘zbek kinosining yetakchi aktyorlaridan biri edi. Keyingi yillarda u asosan prodyuserlik faoliyatiga o‘tdi.

Bir necha yillik tanaffusdan so‘ng, u televideniyega qaytib, Zo‘rTV kanalida “The Cover Up” loyihasini boshladi. Shuningdek, u “Kuzda gullagan daraxt”, “Hayotda” va “Muzlagan” filmlarida ham o‘zini turli obrazlarda ko‘rsatdi.

2025-yil sentyabr oyida esa “Oshiqman” nomli yangi qo‘shig‘i va klipini muxlislarga taqdim etdi. Filmda Oydin rolini ijro etgan Asal Shodiyeva o‘z davrining eng taniqli aktrisalaridan biri bo‘lib, 2013-yilda kinodan vaqtincha chekinishini e’lon qildi.

Biroq keyinchalik u yana ekranlarga qaytib, 2025-yilda “Uyga qaytish” filmida bosh rolni ijro etdi. Shuningdek, u qo‘shiqchilik faoliyatini ham davom ettirmoqda.

Alisherning tog‘asi Komilboy obrazini gavdalantirgan Hamid Toshpo‘latov bugungi kunda 68 yoshda. U 1969-yildan buyon sahnada va ekranlarda faol ijod qilib kelmoqda.

“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoniga ega bo‘lgan san’atkor hozirda O‘zbek milliy akademik drama teatri sahnasida ishlashda davom etmoqda. So‘nggi yillarda u “Ishq va anduh” filmida ham ishtirok etdi.

“Janob hech kim” filmi ijodkorlari bugungi kunda ham san’at sohasida faoliyat olib bormoqda va muxlislarini yangi ishlari bilan xursand qilishni davom ettirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
MadaniyatKecha, 15:42
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026