Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Taniqli rassom Erik Bulatov 92 yoshida vafot etdi

Madaniyat
25
Taniqli rassom Erik Bulatov 92 yoshida vafot etdi
Rossiyalik taniqli rassom Erik Bulatov 92 yoshida vafot etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda The Art Newspaper Russia xabar berdi. Erik Bulatov Sverdlovsk shahrida tug‘ilgan, ammo bolaligi va yoshlik yillari Moskva shahrida o‘tgan.

U bir muddat Nyu-Yorkda yashagan, 1990-yillardan boshlab esa hayotini Parij va Moskva o‘rtasida o‘tkazgan. Rassomning ijodiy faoliyatidagi muhim burilish nuqtasi 1980-yillarda Syurixdagi kunstxallada va Parijdagi Jorj Pompidu markazida o‘tkazilgan shaxsiy ko‘rgazmalari bo‘ldi.

Aynan ushbu ko‘rgazmalar unga xalqaro miqyosda katta shuhrat keltirdi. Erik Bulatovning mashhur asarlari orasida “Kirish – kirish yo‘q”, “Erkinlik”, “Yashayman – ko‘raman”, “SSSR shon-shuhrati”, “Xush kelibsiz”, “Luvr.

Jokondda” va “Bulutlar o‘smoqda” kabi ijodiy ishlar alohida ajralib turadi. 2008 yilda uning “SSSR shon-shuhrati” asari Londondagi auksionda ikki million dollardan ortiq narxda sotilgan edi.

Bundan tashqari, joriy yil yozida Erik Bulatov Rossiyaning eng muvaffaqiyatli zamonaviy rassomlari reytingida birinchi o‘rinni egallagani ma’lum qilingan. Erik Bulatov o‘z ijodi bilan nafaqat Rossiyada, balki butun dunyoda tanilgan rassomlardan biri bo‘lib, uning asarlari san’at olamida o‘ziga xos o‘rin egallaydi.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026