Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
+21°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Turk seriallari: madaniy ta’sir va iqtisodiy yutuqlar

Madaniyat
84
Turk seriallari: madaniy ta’sir va iqtisodiy yutuqlar
Turk seriallari o‘zining hissiyotlarga boy syujetlari, kuchli obrazlari va oila, sevgi hamda hokimiyat mavzularini qamrab olgan hikoyalari bilan O‘zbekiston va MDH davlatlarida katta ommalashuvga erishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

2024-yilda Turkiya serial eksportidan 500 million dollar daromad ko‘rdi. Ushbu seriallar dunyoning 200 dan ortiq mamlakatida namoyish etilib, bir milliardga yaqin tomoshabin auditoriyasini qamrab oldi.

Turk seriallarining mashhurligi 1986-yilda suratga olingan “Kichkintoy qush” asaridan boshlangan bo‘lsa, bugungi kunda bu ommalashuv yanada ortib bormoqda. Turkiya hozirda dunyo bo‘ylab televizion kontent eksporti bo‘yicha yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi.

Ushbu seriallar nafaqat madaniy, balki iqtisodiy jihatdan ham katta ta’sirga ega. Ayniqsa, “Muhtasham asr” seriali mashhurlik cho‘qqisiga chiqqan bo‘lib, unda Sultan Sulaymon I davridagi saroy hayoti, siyosiy qarorlar va murakkab munosabatlar hikoya qilinadi.

Sulton Sulaymon donishmand hukmdor sifatida tasvirlanadi, biroq uning insoniy zaifliklari ham ochib beriladi. Serialdagi Hürrem Sulton obraziga kuchli, maqsadli va ta’sirchan ayol sifatida alohida e’tibor qaratilgan.

“Kara Sevda” seriali xalqaro mukofotga sazovor bo‘lgan birinchi turk seriali hisoblanadi. Unda oddiy yigit Kemal va badavlat oilaning qizi Nihan o‘rtasidagi murakkab sevgi hikoyasi tasvirlangan.

“Ichkarida” seriali esa ikki aka-uka — Sarp va Mertning bolaligida ajralib, hayot yo‘llari turlicha rivojlanishi va oxir-oqibat bir-birlariga qarshi chiqishi haqida hikoya qiladi. Ushbu serialda kriminallik, detektivlik va oilaviy drama uyg‘unlashgan.

“Chuqur” seriali esa kriminallik va oilaviy voqealar asosida yaratilgan bo‘lib, unda Chuqur mahallasi va uni boshqaruvchi Ko‘chovali oilasi hikoyasi tasvirlanadi. “Qoplon vodiysi” seriali siyosiy triller va kriminallik janrida suratga olingan bo‘lib, unda milliy xavfsizlik operatsiyalari va Polat Alemdarning xarizmatik obraziga alohida urg‘u berilgan.

“1001 tun” seriali esa Shahrizoda va Onur o‘rtasidagi murakkab munosabatlar haqida hikoya qilib, insoniy hissiyotlar va axloqiy masalalarni o‘rtaga tashlaydi. “Fatmagulning aybi nima?” seriali jamiyatdagi muammolarni ochiq yoritgani uchun katta e’tibor qozongan.

“Feriha” seriali esa ijtimoiy tabaqalar o‘rtasidagi kurashni aks ettiradi. “Qahramon” seriali ikki oila o‘rtasidagi uzoq yillik adovat fonida rivojlangan sevgi hikoyasini o‘zida aks ettiradi.

Ushbu seriallar Markaziy Osiyo va MDH davlatlarida tomoshabinlar orasida katta shuhrat qozonib, madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026