Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
+21°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

“Landmen” ikkinchi mavsumi rekord tomosha yig‘di

Madaniyat
50
“Landmen” ikkinchi mavsumi rekord tomosha yig‘di
16-noyabr kuni Paramount+ platformasida “Landmen” serialining ikkinchi mavsumi namoyish etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Premyera atigi 48 soat ichida 9,2 million marta tomosha qilinib, platformaning eng muvaffaqiyatli start ko‘rsatkichlariga erishdi. O‘tgan yilgi debyutga nisbatan serialga bo‘lgan qiziqish uch barobar oshgan.

Serial muallifi Taylor Sheridanning yangi mavsumdagi voqealari yana Texasning g‘arbida, neft sanoati asosiy hayot manbai bo‘lgan hududlarda davom etadi. Asosiy qahramonlar – Tommy Norris va Kami Miller – katta neft kompaniyasini boshqarishga majbur bo‘lishadi.

Ularning hamkorligi pragmatik qarorlar, xavf va o‘zaro bog‘liqlik asosida rivojlanadi. Serial aktyorlar tarkibida Billy Bob Thornton, Demi Mur, Sem Elliot kabi taniqli aktyorlar ishtirok etmoqda.

Syujet davomida Tommy kompaniyani saqlab qolishga harakat qilarkan, uning shaxsiy hayotidagi murakkabliklar ham o‘zini namoyon qiladi. Uning o‘g‘li burg‘ulash ishlarini boshlaydi, qizi esa biznesning og‘ir haqiqatlari bilan yuzma-yuz keladi.

Oila ichidagi eski muammolar ham asta-sekin yuzaga chiqadi. Serialning birinchi mavsumi 35 million marta tomosha qilinib, Paramount Global ma’lumotlariga ko‘ra, katta muvaffaqiyatga erishgan edi.

“Landmen” "Tulsa qiroli" va "Sher" kabi xalqaro miqyosdagi mashhur seriallar qatoridan joy olgan. Ikkinchi mavsum Texasning Fort-Uort shahrida, haqiqiy neft sanoati rivojlangan hududlarda suratga olingan.

Ko‘plab sahnalar amaldagi ishlab chiqarish obyektlarida tasvirga tushirilgan. Serialning birinchi qismi 16-noyabrda chiqdi, qolgan epizodlar har yakshanba kuni e’lon qilinib, 18-yanvar 2026-yilgacha davom etadi.

Jami 10 qism tayyorlangan bo‘lib, ular faqat Paramount+ platformasida tomosha qilish uchun taqdim etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026